Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

RSSU Oliy tibbiyot maktabi, Sankt-Peterburg davlat pediatriya universiteti

2023 yilning noyabr oyi ko’plab xalqaro hamkorlikga oid tashriflarga boy bo’ldi Jumladan, RSSU Oliy tibbiyot maktabi direktori o'rinbosari, Sankt-Peterburg davlat pediatriya universiteti professori - Vladimirova Oksana Nikolaevna, Urartu amaliy psixologiya va ijtimoiy ish universiteti prorektori - Bagdasaryan Gemma Samvelovna va "Ijtimoiy xizmatlarni rivojlantirish jamg'armasi" rahbari – Suyunalieva Burulsun Sharsherovna O‘zbekiston MIlliy universitetiga tashrif buyurishdi.

Ma’lumki ushbu professorlar bilan ijtimoiy ish kafedrasi hamkorliklar qilib kelishadi. Tashrif buyuruvchilarning asosiy maqsadi O‘zbekiston MIlliy universiteti bilan hamkorlikni kengaytirish, ayniqsa, himoya kengashlari tarkibiga professorlarni kiritish, hamkorlikda ilmiy tadqiqotlarga rahbarlik qilish hamda xalqaro ilmiy jurnallarda maqolalar nashr etish va ijtimoiy himoya, inkluziv ta’lim sohalarida xalqaro konferensiyalar o‘tkazish masalalarini muhokama qilishdi.

Uchrashuv yakunida yuqorida qayd etilgan yo‘nalishlarda jadal hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga kelishildi.