Sankt Peterburg Gumanitar instituti
2023 yilning dekabr oyida Oʻzbekiston Milliy universitetiga Saankt Peterburg Gumanitar instituti Huquqshunoslik va sud-texnik ekspertiza Oliy maktabi direktori Dmitriy Moxorov tashrif buyurdi.
Uchrashuvda Dmitriy Moxorov oliygohlar oʻrtasida hamkorlikni kengaytirish, yosh tadqiqotchilarga ikki rahbarlik hamda hamkorlikda har yili oʻtkaziladigan xalqaro konferensiyada ishtirok etish masalalarini muhokama qilishdi.
Shuningdek, uchrashuv yakunida Oʻzbekiston milliy universitetining huquqshunoslik yoʻnalishidagi professor-oʻqituvchilarini malaka oshirish va stajirovklarini onlayn va oflayn formatda tashkil etishga doir fikr-mulohazalar koʻrib chiqildi.