Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Shaxmat musobaqasiga start berildi

Talaba-yoshlar o‘rtasida sportni keng targ‘ib qilish va talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida O‘zbekiston Milliy universitetida tahsil olayotgan talabalar o‘rtasida shaxmat musobaqasiga start berildi. Musoboqani universitet Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Jabbor Muxammadiyev ochib berdi va barcha ishtirokchilarga omad tiladi.
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i Botir Mallabayev mazkur musoboqalar kelgusida universitet talabalari orasidan O‘zbekiston, Osiyo va Jahon chempionlari yetishib chiqishida muhim omil bo‘lishiga ishonch bildirdi.
Mazkur musobaqada barcha fakultetlardan jami 700 nafarga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etmoqda. Eslatib o‘tamiz, musobaqa final bosqichigacha g‘oliblar aralash yo‘nalishda aniqlansa, final bosqichida Shvetsarcha tizim bo’yicha aniqlanadi.

O’zMU Axborot xizmati