Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

“SHEʼRIYAT IHLOSMANDLARI” TANLOVI NATIJALARI EʼLON QILINDI

Aziz talaba-yoshlar! Xabaringiz bor, O‘zMU Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi hamda Jurnalistika fakulteti tomonidan O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov sheʼrlarini ifodali o‘qish bo‘yicha “Sheʼriyat ihlosmandlari” nomli onlayn tanlov eʼlon qilingan edi.
Tanlovning ochiq-oshkora, adolatli va xolis o‘tkazilishini taʼminlash maqsadida tanlov komissiyasi shakllantirildi. Komissiya tarkibiga O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasining taniqli ijodkor aʼzolari bo‘lgan shoir, yozuvchi, jurnalistlari kiritildi.
Tanlov komissiyasiga jami 137 nafar ijodkor talabaning 200 dan ortiq ijodiy ishlari kelib tushdi.
Eslatib o‘tish kerakki, mazkur tanlov g‘oliblariga universitet tomonidan:
1-o‘rin uchun 1 million so‘m;
2-o‘rin uchun 500 ming so‘m;
3-o‘rin uchun 300 ming so‘m
miqdordagi pul mukofoti va diplom bilan taqdirlanishi belgilangan.
Tanlov hayʼati aʼzolarining yakdil ovozi bilan istisno tariqasida 3-o‘rin uchun ikki nafar talaba munosib ko‘rildi.
Tanlovning 12 nafar nominatsiyasi g‘oliblari esa diplom va adib kitoblari jamlanmasi bilan taqdirlanadi.

O‘zMU Axborot xizmati