15 ta fakultet. 80 ta kafedra. 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi. Talabalar soni 30 000+. Professor-o‘qituvchilar soni 2 000+. Bitiruvchilar soni 200 000+.

STRATEGIK REJALAR – YANGI MUVAFFAQIYATLAR SARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 24-dekabr kuni “Davlat oliy taʼlim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini taʼminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hamda “Davlat Oliy taʼlim muassasalariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorlari Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti rahbariyati va pedagoglari oldida yangicha ishlash tizimini joriy qilishni taqozo etadi. Shu maʼnoda, joriy yilning 11-12 yanvar kunlari O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetida qarorlarda belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash bo‘yicha kafedralarning strategik dasturlari, yo'l xaritalarini tizimli ishlab chiqish va ularni keng muhokama qilish maqsadida taqdimot tashkil etildi.
Mazkur taqdimotda har bir kafedraning keyingi yillarda amalga oshirishi kerak bo‘lgan ishlari yuzasidan fikr va takliflari tinglandi hamda muhokama qilindi, zarur ko‘rsatmalar berildi.
Muhokama yakunida har bir kafedra kesimida tegishlicha qarorlar qabul qilindi, xususan, kafedralarning yo'l xaritalari tasdiqlandi. Shuningdek, yanvar oyida fakultet Kengashida fakultetning yo'l xaritasi muhokama qilinishi, ya’ni unda har bir professor-o‘qituvchining taklifi muhim ekanligi va har bir ishlab chiqilgan masala kafedralarning rejalari asosida tayyorlanishi kelishib olindi.

O‘zMU Axborot xizmati