Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Tailandning Walailak universiteti 

Tailandning Walailak universiteti  bilan hamkorlik memorandumi imzolandi

2024 yil 3 aprel sanasida Tailandning Walailak universiteti prezidenti Professor doktor Sombat Tamrongtanyavong boshchiligidagi delegatsiya OʻzMUga tashrif buyurdi.

Delegatsiya aʼzolarini Uslubiy taʼminlash va taʼlim sifatini nazorat qilish boʻyicha prorektor Ravshan Musurmonov va Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova boshchiligidagi OʻzMU hodimlari kutib olishdi.

Uchrashuvda Valaika universiteti bilan hamkorlikni kengaytirish, va professor-oʻqituvchilar almashinuvi hamda talabalar akademik mobilligini oshirish, hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish masalalariga toʻxtalib oʻtildi. Uchrashuv soʻngida ikki universitet oʻrtasida anglashuv memorandumi imzolandi.