Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Tarix faluktetida onlayn Zakovat intellektual o‘yini tashkil etildi

Talabalar qishki ta’tilini mazmunli tashkil etish maqsadida O‘zMU Tarix fakulteti va Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan tashkil etilgan onlayn “ZAKOVAT” intellektual o‘yinida talabalardan tashkil topgan jami 8 ta guruh ZOOM platformasi orqali ishtirok etdi. Ularning har birida fakultet tomonidan ishlab chiqilgan Nizomga muvofiq, 6 nafar ishtirokchi qatnashishdi.
Barcha guruh telegram ijtimoiy tarmog‘ida o‘zlari shaxsiy guruh ochgan holda @ShoxruxMusurmonov  ni guruhga  qo‘shib qo‘yishdi. Faqat guruh sardori javoblarni yozishidan oldin jamoa nomini birinchi yozib, keyin ketma-ketlikda raqami bilan javoblarni  @ShoxruxMusurmonov  shaxsiy lichkasiga tashlab borishdi.
O‘ylash va savolga javob yuborish uchun vaqt 2 daqiqa +1 daqiqa berildi. Shu vaqt ichida javoblar yuborildi. Vaqt tugagandan keyin yuborilgan javoblar qabul qilinmadi. Tarix fakulteti onlayn ZAKOVAT intellektual o‘yinida quyidagi jamoalar bellashdilar:
1.  “Orion” jamoasi;
2.  “To‘lg‘ama” jamoasi;
3.  “Cosmos” jamoasi;
4.  “Tafakkur” jamoasi;
5.  “Aktiv” jamoasi;
6.  “Intelegent” jamoasi;
7.  “Armado” jamoasi;
8. "Yuksalish" jamoasi.

Guruhlarga Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Yoshlar ittifoqi tomonidan taqdim etilgan savollar berildi.
Tanlov yakunida Sh.Nematov tomonidan natijalar o‘qib eshittirildi:
1-o‘rin: “Orion” jamoasi;
2-o‘rin: “Tafakkur” jamoasi;
3-o‘rin: “Kosmos” jamoasi;
Shu bilan birga, g‘olib bo‘lgan jamoalar diplom va esdalik sovg‘alar bilan  24-yanvar sanasida taqdirlanishi, ZAKOVAT intellektual oʻyini g‘olib jamoalardan  Tarix fakulteti terma jamoasi shakllantirilishi  va universitet bosqichida ishtirok etishlari aytib o‘tildi.

O‘zMU Axborot xizmati