🇺🇿 Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetiga 2026/2027-o‘quv yili uchun Texnikumlarni muvaffaqiyatli bitirib oliy ta’limga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun suhbat imtihonlarini o’tkazish sanasi va vaqti ma’lum bo’ldi.
⏺️ Texnikumlarni muvaffaqiyatli bitirib oliy ta’limga hujjat topshirgan abituriyentlar uchun suhbat imtihonlari ayni shu yilning 19-20-avgust kunlari o’tkaziladi.
Eslatma
📰Abituriyentlar o‘zlari bilan shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport yoki ID karta) bilan jadval asosida belgilangan vaqtdan kechikmasdan kelishlari so‘raladi.
MA’LUMOT UCHUN !
📰Suhbat imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tib, talabalikka qabul qilingan abituriyentlar tanlagan ta’lim yo‘nalishining o‘quv rejasiga muvofiq birinchi kursda o‘tilgan fanlar bo‘yicha fan farqlarini akademik qarzdor sifatida joriy o‘quv yilida alohida to‘lov asosida o‘zlashtirishi lozim.