Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Tomsk Davlat universiteti qoshidagi Iqtisodiyot va Menejment instituti

2022 yilning 21-yanvar kuni Tomsk Davlat universiteti qoshidagi Iqtisodiyot va Menejment instituti direktori, iqtisod fanlari doktori, professor Yevgeniya Nexoda hamda Iqtisodiyot va Menejment instituti direktorining oʼrinbosari, iqtisod fanlari nomzodi, dotsent, Tadbirkorlik markazi direktori Viktoriya Makovevalar O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida oʼquv va ilmiy faoliyatda hamkorlikni rivojlantirish, hammualliflikdagi xalqaro nashrlar, London universiteti, Tomsk davlat universiteti va Oʼzbekiston Milliy universiteti bilan hamkorlikda parallel qoʼshma taʼlim dasturini tashkil qilish boʼyicha takliflar muhokama qilindi. Qoʼshma taʼlim dasturi doirasida London yozgi maktabida talabalarning oʼqishi, TDU va OʼzMU talabalarining akademik mobilligi, mutaxassislarning oʼzaro ilmiy hamkorligi masalalarida ham muzokaralar olib borildi. Muhokama qilingan takliflar boʼyicha qoʼshimcha virtual uchrashuvlar tashkil qilishga kelishib olindi.