Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Tyutorlar bilan davra suhbati tashkil etildi

O`zbekiston Milliy universitetida talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ular o‘rtasidagi turli huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan davra suhbati o‘tkazildi.
Davra suhbatida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor, Olmazor tumani 4-sonli IIB mas’ullari, Universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, hamda barcha tyutorlar ishtirok etdi.
Mazkur davra suhbatini Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor J.Muhammadiev ochib berdi.
Talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ular o‘rtasidagi turli huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha mavzuga oid masalalar bo‘yicha Olmazor tumani 4-sonli IIB boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari N.Azimov, O‘zbekiston Milliy universitetiga qarashli Talabalar turar joylari bo‘yicha MP Profilaktika katta inspektorlari kapitan Sh.To‘laganov, Kapitan S.Shamsiddinov, Katta leytenant A.Yigitaliyev hamda Universitet Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi R.Rustamovalar tomonidan davra suhbati ishtirokchilariga tegishli ma’lumot va tavsiyalar berildi.
Tyutorlarga suhbat davomida dunyoning ko’plab mamlakatlarida ro‘y berayotgan iqtisodiy va ijtimoiy, axborot-kommunikatsiya manzarasidagi chuqur o‘zgarishlar, turli mafkuralar tortishuvi keskin tus olayotgan bir vaziyatda ogoh bo‘lishligi hamda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tishini ta’minlash va imkoniyat yaratib berish har qachongidan ko‘ra muhim ahamiyat kasb etayotganligi haqida aytib o‘tildi.
Suhbat davomida tyutorlarga universitet odob-axloq qoidalari va ichki mehnat tartib qoidalari yana bir bor tanishtirib o‘tildi. Mazkur hujjatlarga kiritilgan ba’zi o‘zgartirish va qo‘shimchalar ham o‘qib eshittirildi.

O’zMU Axborot xizmati