15 ta fakultet. 80 ta kafedra. 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi. Talabalar soni 30 000+. Professor-o‘qituvchilar soni 2 000+. Bitiruvchilar soni 200 000+.

“TYUTORLIK TIZIMINI RIVOJLANTIRISH” BO‘YICHA TASHKIL ETILGAN UCH KUNLIK SEMINAR-TRENING ISHTIROKCHILARI TAQDIRLANDI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5847-sonli Farmoniga muvofiq, fakultetlarda faoliyat olib borayotgan tyutorlar (ta’lim tarbiya maslahatchilari) faoliyatini yanada jadallashtirish maqsadida, Ijtimoiy fanlar fakultetida amalga oshirilayotgan ishlar, tyutorlar uchun yaratilgan sharoitlar va tajriba almashish bo‘yicha uch kunlik seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar-trening universitetning barcha fakultetlari tyutorlari ishtirokida “Tyutorlik tizimini rivojlantirish, amalga oshirilgan ishlar mexanizm-amaliyot-natijalar” mavzusida 6 ta sho‘bada o‘z ishini olib bordi. Seminar-treningda universitet Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Botir Mallaboev o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

 Shuningdek, sho‘balar kesimida:
1. “Tyutorlar faoliyatini tizimli tashkil etish va talabalar bilan ishlash usullari” yo‘nalishida -  Ijtimoiy fanlar fakulteti dekan o‘rinbosari, O.Musurmonkulov;
2. “Tyutorlik maktabi” tizimi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va mexanizm-amaliyot-natijalar” yo‘nalishida – Ta’lim tarbiya maslahatchisi O.Yangiboeva;
3. “Iqtidorli va imkoniyati cheklangan talabalarni aniqlash, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga jalb etish va ular bilan samarali ishlarni tashkil etish” yo‘nalishida - Ta’lim tarbiya maslahatchisi E.Ro‘zmatov;
4. “Talabalar turar joyi bilan ishlash” yo‘nalishida - Ta’lim tarbiya maslahatchisi E.Karimov;
5. “Talabalarning Ijtimoiy (psixologik) portiretini yaratish” yo‘nalishida - Ta’lim tarbiya maslahatchisi Yu.Begaliev;
6. “Ijarada turadigan talabalarning ijtimoiy ahvolini o‘rganish” yo‘nalishida – Ta’lim tarbiya maslahatchisi R.Xasanovlar ma’ruza qilishdi.

Uch kunlik seminar-treningda ma’ruzachilar o‘z faoliyati davomida  amalga oshirgan ishlari bo‘yicha tajribalarini yuzasidan seminar ishtirokchilari bilan savol-javob asosida o‘rtoqlashdi.
Seminar-trening yakunida universitet Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Jabbor Muhammadiev hamda tashkilotchi fakultet dekani Komiljon Inakovlar tomonidan seminar ishtirokchilariga maxsus sertifikat va tashakkurnomalar topshirildi.