Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Umm Al-Qura Universiteti

Saudiya Arabistonining Umm Al-Qura Universiteti Delegatsiyasi O‘Zmuda

2023 yilning  7 iyun kuni Saudiya Arabistonining Umm al-Qura universiteti prorektori professor Amir ibn Evaz az Zaidiy boshchiligidagi delegatsiya O‘zMUga tashrif buyurdi. Uchrashuvda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini o‘rnatish bo‘yicha fikrlar almashildi. Professor professor Amir ibn Evaz az Zaidiy Umm al-Qura universiteti xususida to‘xtalib, aniq va tabiiy fanlar, iqtisodiyot va ijtimoiy fan sohalarida hamkorlik qilishga tayyor ekanligini bildirib o‘tdi.

Maʼlumot uchun: Umm al-Qura universiteti Saudiya Arabistonida tashkil etilgan ilk universitetlardan bo‘lib (1949 y.),QS xalqaro reytingda 400, milliy reytingda 4 o‘rinda turadi.

Shu bilan birga ilmiy hamkorlik aloqalarini zudlik bilan boshlashga kelishib olindi va buning uchun ikkala universitet professor-o‘qituvchi va olimlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish zarurligi taʼkidlandi. Umm al-Qura universitetining maxusus fondi ko‘magida xalqaro konferensiya va ilmiy nashrlarni tashkil etish imkoniyati mavjudligi haqida ham takliflar bildirildi.

Uchrashuv so‘ngida Umm al-Qura universitetining biologiya sohasidagi xalqaro ilmiy jurnali hamda O‘zMUning ijtimoiy sohadagi xalqaro ilmiy jurnali faoliyatini rivojlantirishda ham hamkorlik qilishga bo‘yicha kelishuvga erishildi.