Ijtimoiy fanlar fakulteti tomonidan “Biz bo‘lmasak, kim?” shiori ostida ijtimoiy innovatsion kreativ loyihalar tanlovi tashkil etildi.
Mazkur tanlov talabalarning ilmiy va ijodiy salohiyatini rivojlantirish, yoshlarning tashabbuslari va g‘oyalarini qo‘llab-quvatlash, ularni ilmiy faoliyatga jalb qilish, ijtimoiy muammolarni innovatsion va kreativ yechimlar orqali hal qilish ko‘nikmasini shakllantirish maqsadida o‘tkazildi.
Tanlovda fakultetning ijtimoiy ish, psixologiya, falsafa, sotsiologiya, huquqshunoslik, milliy g‘oya ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan talabalar ishtirok etishdi. Ishtirokchilar yakka tartibda yoki jamoa shaklida o‘z loyihalarini taqdim etishdi.
Tanlov uch bosqichda amalga oshirildi:
– ro‘yxatdan o‘tish va loyihalarni qabul qilish;
– saralash bosqichi;
– final bosqichi.
Final bosqichi 24-aprel kuni universitet Axborot-resurs markazida bo‘lib o‘tdi. Unda eng sara loyihalar ochiq taqdimot shaklida himoya qilindi.
Tanlov doirasida ishtirokchilar ijtimoiy muammolarga amaliy yechimlar taklif etish, innovatsion g‘oyalarni ilgari surish va jamoaviy ishlash ko‘nikmalarini namoyon etish imkoniga ega bo‘ldilar.
Loyihalar quyidagi mezonlar asosida baholandi: dolzarblik, innovatsionlik, amaliy ahamiyat, asoslanganlik va taqdimot mahorati. Har bir mezon 20 ballik tizim asosida baholanib, umumiy 100 ballik tizim joriy etildi.
Tanlovning eng muhim jihati — talabalar tomonidan ishlab chiqilgan g‘oyalarning nafaqat nazariy, balki amaliy qiymatga ega ekanligi, ularni real hayotga joriy etish imkoniyati mavjudligidir.
Tadbir yakunida g‘oliblar quyidagi nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi:
– Eng zo‘r innovatsion loyiha;
– Eng yaxshi ijtimoiy loyiha;
– Eng yaxshi amaliy loyiha.
Mazkur tanlov yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularda mas’uliyat, tashabbuskorlik va kreativ fikrlashni rivojlantirishga xizmat qiladigan muhim ilmiy-amaliy maydon sifatida alohida ahamiyat kasb etdi.
