O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi PQ–135-sonli «Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash doirasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Joriy yilning 23-oktabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani D. Muxamedova, dekan o‘rinbosari B. Ergashev hamda Falsafa kafedrasi mudiri A. Tulyayev Xovos tumani hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari A. Rasulov bilan hamkorlikda tumandagi turizm va servis korxonalari xodimlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kurslarini tashkil etdi.

Kurslarning asosiy maqsadi — Xovos tumanida turizm va xizmat ko‘rsatish sohasi sifatini oshirish, servis korxonalari xodimlarining kasbiy mahorati va muloqot madaniyatini yuksaltirish, shuningdek, mahalliy va xorijiy turistlarga zamonaviy talablar asosida sifatli xizmat ko‘rsatish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.
Universitet olimlari va soha mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan nazariy bilimlar va amaliy tavsiyalar xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish hamda tumanda turizm va servis xizmatlari sifatini yaxshilashga qaratilgan.