Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

XАLQАRO HАMKORLIK DOIRASIDAGI ONLAYN MA’RUZA

2021-yilning 3-dekabr kuni O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti “Falsafa va mantiq” kafedrasi tashabbusi bilan xalqaro hamkorlik doirasida onlayn maʼruza tashkil etildi. Falsafa yoʼnalishi 4-kurs talabalariga Markaziy Osiyo xalqlari falsafasi tarixi fanidan "Tasavvuf" mavzusida АQShning Nyu-York Hofstra universiteti professori, tarixchi, manbashunos, tasavvufshunos olim, YUNESKOning Markaziy Osiyo moddiy va nomoddiy qadriyatlari boʼyicha eksperti Karimov Elyor Erikovich olib bordi. Unda maʼruzalar Sharq falsafasining Islom falsafasi va ilohiyotshunosligi turkumidan davom ettirildi.

O’zMU Axborot xizmati