Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Xalqaro hamkorlik doirasidagi dars mashg’ulotlari davom etmoqda

Mirzo Ulug’bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti o‘rtasida doimiy xalqaro hamkorlik aloqalari olib borilmoqda. Xalqaro hamkorlik yuzasidan O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti "Etika va estetika" kafedrasi akademik almashinuv doirasida ikki oliy taʼlim muassasalari professor-o‘qituvchilarning dars mashg‘ulotlarini olib borishda amaliy ishlar olib bormoqda.
Joriy yilning 13-dekabr kuni "Etika va estetika" kafedrasi mudiri, professor Lalixon Muxamedjonova Janubiy Qozog‘iston universiteti Falsafa sohasidagi professor-o‘qituvchilariga va talabalariga "Философско-нравственные взгляды мыслителей тюркских народов" mavzusida maʼruza mashg‘uloti olib bordi.
Maʼlumot o‘rnida, hamkorlikdagi darslar 12 soatga rejalashtirilgan va dars mashg‘ulotlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda.

O’zMU Axborot xizmati