Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Yan Koxanovskiy universiteti

2024 yilning 23-fevral kuni universitetga Polshaning Yan Koxanovskiy universiteti professorlari Jozviak Marek, Jozviak Malgorzata Anna, Sielski Janusz Krzyszto, Wilkomirski Boguslaw Andrzej tashrif buyurishdi.

Ular biologiya fakulteti talabalariga “Biogenetika” va “Ionlantiruvchi fanlar biologiyasi” fanlaridan maʼruza oʻqishadi. Shuningdek, xorijlik olimlar biologiya fakulteti professorlari bilan hamkorlikda Scopus bazasida indeksatsiya qilinadigan jurnallarda ilmiy maqolalar nashr qilish borasida ham bugungi uchrashuvda kelishib oldilar.

Maʼlumki, Oʻzbekiston Milliy universitetida dunyoning yetakchi universitetlaridan professor-oʻqituvchilarni oʻquv jarayoniga jalb qilish amaliyoti yaxshi yoʻlga qoʻyilgan.

Uchrashuvda hamkorlar OʻzMU talabalarini Varshavada boʻlib oʻtadigan “Yozgi maktab”ga taklif qilishdi.