Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash — davr talabi

Oʻzbekiston Milliy universiteti hamda “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi hamkorligida OʻzMU qoshidagi Harbiy tayyorgarlik oʻquv markazida yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Harbiy koʻrgazma” tashkil etildi.

Maxsus tayyorgarlik boʻlimi boshligʻi podpolkovnik Bobur Saparov yoshlarga koʻrgazma haqida atroflicha tushuncha berdi. Vatanni sevish, uni yot nazarlardan munosib himoya qilish har bir yurt o‘g‘lonining muqaddas burchi ekanligi ta'kidlandi.

Yoshlar mutaxassislardan o‘zlarini qiziqtirgan qator savollarga javoblar oldilar. Tadbir so'ngida Harbiy tayyorgarlik oʻquv markazi talabalarining harbiy ko'rgazmali chiqishlar namoyish etildi.