Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Konstitutsiya – qomusimiz, baxtimiz

O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti bugun “Konstitutsiya - baxtimiz ” shiori ostida fakultetda erta tongdan talaba-yoshlarni kutib olindi. Talaba yoshlarning huquqiy bilimlarini oshirish, Respublika Konstitutsiyasi mazmun-mohiyatini puxta o’rgatish, uning insonparvarlik, demokratik va adolatparvarlik tamoyillarini yozma ishlarda, tasviriy asarlarda, ko’rgazmali vositalar bilan jihozlanishini yo’lga qo’yish, pirovard natijada talaba yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, ularning qonunlarni bilish, hurmat qilish ruhida tarbiyalash vatanga bo’lgan mehrini oshirish maqsadida muntazam davra suhbatlari va tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda. Bugungi tadbirimizning asosiy maqsadi ham shundan iborat bo’lib fakultetimiz dekani Iroda Jo’rayeva va tyutor jamoalari boshchiligida tadbir madhiya sadolari ostida boshlandi. Tadbir juda qiziqarli va bahs-munozaraga to’la tarzda o’tdi.

O‘zMU Axborot xizmati