Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Kozimov Azizjon Nozim o’g’li


O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi 4-bosqich talabasi

✔️Yutuqlari:

➖ 2024-2025-o’quv yilida Navoiy nomli davlat stipendiyasi sohibi.

➖ 2023-yil O’zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimov tavalludining 85-yilligi munosabati bilan respublika miqyosida o’tkazilgan «Buyuk inson qalbimizda» nomli xotira tanlovida «Eng yaxshi videorolik» nominatsiyasi bo’yicha 1-o’rinni egallagan.

➖ 2023-yil Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida tashkil etilgan «Inson huquqlari bilimdoni – 2023» ko’rik tanlovida «Eng yaxshi innovatsion g’oya muallifi» nominatsiyasi bo’yicha 3-o’rinni egallagan.

➖ 2023-yil Xalqaro Tarjimashunoslar forumining ishtirokchisi bo’lgan.

➖ 2024-yil «O’zbekiston tarixi» telekanalining «Etno» ko’rsatuvida ko’plab ilmiy mavzulardagi chiqishlari bilan ishtirok etgan.

➖ 2022-2023-yillarda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakultetida tashkil etilgan bir necha ko’rik tanlovlar tashkilotchisi bo’lgan.

➖ 2023-yil Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida tashkil etilgan «Konstitutsiya bilimdoni», «Biz bo’lmasak kim», «Yangi O’zbekistonni birgalikda barpo etamiz» kabi tanlov va loyihalar ishtirokchisi, hamda faxrli o’rinlar sohibi bo’lgan.

➖ 2024-yil Madaniyat vazirligi bilan hamkorlikda tashkil etilgan «O’zbekiston madaniyati va san’ati: milliy meros va integratsion jarayonlar» mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani tashkilotchisi sifatida faoliyat olib borgan.

➖ 60 dan ortiq diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

📘 Ilmiy-uslubiy ishlari:
20 dan ortiq maqola va tezislari OAK ro’yxatidagi jurnallar, xorijiy jurnallar, xalqaro va respublika konferensiyalarida chop etilgan.