Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Xalqaro davra suhbati: rus adabiyotining xorijiy madaniy makondagi o‘rni muhokama qilindi

O‘zbekiston Milliy universitetida “Xorijiy madaniy muhitda rus adabiyoti: tendensiyalar va istiqbollar” mavzusida xalqaro davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbir Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakultetining rus adabiyotshunosligi kafedrasi tomonidan tashkil etildi.

Davra suhbatida AQSh, Turkiya, Kanada Rossiya, Qozog’iston hamda O‘zbekistonning yetakchi adabiyotshunos olimlari, nashriyot vakillari,shoir va yozuvchilar, professor-o‘qituvchilari ishtirok etdilar. Unda xorijiy madaniy makonlarda rus adabiyotining bugungi holati, rivojlanish istiqbollari, tarjima va qabul jarayonidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Ilmiy muloqot davomida rus tilidagi zamonaviy nasr va she’riyatning o‘ziga xos jihatlari, uning xalqaro miqyosdagi qabul qilinish xususiyatlari haqida fikr almashildi. Tadbir qatnashchilari o‘zaro tajriba almashib, dolzarb savollar yuzasidan faol muloqot olib bordilar.

Mazkur xalqaro davra suhbati turli mamlakatlar tadqiqotchilari o‘rtasida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, madaniy aloqalarni mustahkamlash va adabiy tadqiqotlarda yangi yo‘nalishlarni belgilashga xizmat qildi.

O‘zMU Axborot xizmati