Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zbekiston Milliy universiteti Yevropa ta’lim makoniga qadam qo‘ymoqda




Bugun, 13-may kuni O‘zbekiston Milliy universiteti hamda Avstriyaning Zaltsburg universiteti vakillari o‘rtasida navbatdagi onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda Zaltsburg universiteti vakillari professor Jozef Shtrobl va Manfred Mittlbök, O‘zbekiston Milliy universitetidan esa Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova, o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Shuhrat Toshmatov, kredit tizimi bo‘limi boshlig‘i Jasur Karimov hamda ta’lim infratuzilmasini transformatsiya qilish bo‘limi boshlig‘i Nodir Narziev va Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti o’qituvchisi Abdullayev Ilhom  ishtirok etdilar.

Ma’lumki, mazkur universitet bilan hamkorlik 2012 yildan YI ning Erasmus+ dasturlari doirasida o‘qituvchi va talabalar almashinuvi hamda hamkorlikda xalqaro konferensiyalar o‘tkazish yo‘nalishida boshlangan edi.

Bugungi uchrashuvda esa 2025–2026 o‘quv yili “Amaliy geoinformatika” magistratura mutaxassisligi bo‘yicha ikki yoqlama diplom berish ta’lim dasturining yakuniy hujjatlari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida hamkorlik shartnomasi, o‘quv rejalar va ta’limni tashkil qilish jarayonlari muhokama etildi. Onlayn uchrashuvi yakunida joriy oyning oxirida hujjatlarni imzolashga kelishib olindi.


Xalqaro aloqalar bo’limi