Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Onlayn uchrashuvda hamkorlik aloqalari muhokamasi

2025 yil 5 may kuni Bratislavadagi Komenskiy universiteti prorektori Yozef Tanserning taklifiga binoan O‘zbekiston Milliy universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimlari bilan onlayn uchrashuv tashkil qilindi.

Maʼlumki, Komenskiy universiteti Slovakiyaning yetakchi oliy taʼlim muassasalaridan biri bo‘lib, ijtimoiy fanlar, menejment, tibbiyot, tabiiy fanlar, matematika, fizika va sport taʼlimi yo‘nalishlarida malakali mutaxassislar tayyorlashda katta tajribaga ega.

⏺ Uchrashuv davomida ikki tomon o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni yana-da rivojlantirishga doir qator masalalar muhokama qilindi. Jumladan, akademik almashinuv dasturlari, o‘qituvchilar va maʼmuriy xodimlar almashinuvi, qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish, akademik seminarlar, qisqa muddatli taʼlim dasturlarini tashkil etish hamda ularda faol ishtirok etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, xalqaro ilmiy konferensiyalar o‘tkazish va ilmiy hamda o‘quv nashrlarni hamkorlikda tayyorlash yuzasidan ham kelishuvga erishildi.

⏺ Uchrashuv yakunida Komenskiy universitetining Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Yozef Tanser va Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Martin Povazan ikki universitet o‘rtasida anglashuv memorandumini imzolashni taklifini bildirishdi. Ushbu uchrashuv ikki tomonlama hamkorlikning yangi bosqichga ko‘tarilishi va kelgusida samarali natijalarga erishish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilishi kutilmoqda.