Geografiya va geoaxborot tizimlari fakultetida “Karyera kuni” bo’lib o’tdi

O‘zbekiston Milliy universitetida talabalar va bitiruvchilarning bandligini ta’minlashga qaratilgan “Karyera kuni” tadbirlari izchil davom etmoqda. Navbatdagi mehnat yarmarkasi Geografiya va geoaxborot tizimlari fakultetida tashkil etilib, unda talabalar, bitiruvchilar hamda 20 dan ortiq sohaviy ish beruvchilar ishtirok etdi.

 

Tadbir davomida bitiruvchilar va ish beruvchilar o‘rtasida bevosita muloqotlar yo‘lga qo‘yildi, talabalarga amaliy ish o‘rinlari va hamkorlik imkoniyatlari taqdim etildi. Shuningdek, mehnat bozorida yuqori talabga ega yo‘nalishlar yuzasidan tavsiya va takliflar berilib, ishtirokchilarga muhim yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatildi.

🔺Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda fakultetni 350 nafardan ortiq bitiruvchi tamomlashi kutilmoqda. Hozirga qadar ularning 71,7 foizi (o‘zini o‘zi band qilganlar bilan birga) ish bilan ta’minlangan bo‘lib, bu natijalar talabalarning mehnat bozoriga muvaffaqiyatli integratsiyalashayotganini ko‘rsatadi. Mazkur tadbir bitiruvchilar bandligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor vazifalar ijrosiga xizmat qilmoqda.