OzMUda “Talaba Fest” festivali ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi

O‘zbekiston Milliy universitetida talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, yoshlarning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda do‘stona muhitni mustahkamlash maqsadida “Talaba Fest” festivali yuqori saviyada tashkil etildi. Bayramona ruhda o‘tgan tadbir davomida kuy-qo‘shiqlar yangrab, talabalar unutilmas taassurotlarga ega bo‘lishdi.

Festival doirasida turli yo‘nalishlarda qiziqarli tanlov va musobaqalar tashkil etildi. Xususan, shashlik tayyorlash, rasm chizish, yosh mushoirachilar bellashuvi hamda gitara ishqibozlari o‘rtasidagi chiqishlar ishtirokchilar va tomoshabinlarda katta qiziqish uyg‘otdi. Har bir yo‘nalishda talabalar o‘z iste’dodi va mahoratini namoyon etishdi.

Tadbir davomida faol va ijodkor yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhiti shakllandi. Ayniqsa, yosh mushoirlarning she’riy chiqishlari, gitarachilarning jonli ijrolari hamda ijodiy ishlarga boy ko‘rgazmalar festivalga o‘zgacha fayz bag‘ishladi. Talabalar bir-birlarini qo‘llab-quvvatlab, festivalni yuqori kayfiyatda davom ettirishdi.

Yakunda barcha yo‘nalishlar bo‘yicha g‘olib va faol ishtirokchilar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandi. “Talaba Fest” nafaqat talabalar uchun madaniy hordiq, balki ularning iqtidorini namoyon etish, do‘stona aloqalarni mustahkamlash va universitet hayotini yanada jonlantirishga xizmat qilgan muhim tadbirlardan biri bo‘ldi.

Talaba Fest bellashuvi natijalari bilan tanishing!

“Shashlik Day” musobaqasi bo‘yicha:
1-o‘rin — Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti
2-o‘rin — Matematika fakulteti
3-o‘rin — Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti

“Eng yaxshi rasm” tanlovi:
1-o‘rin — Ijtimoiy fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi Qurbonov Shohro‘zjon
2-o‘rin — Ijtimoiy fanlar fakulteti 1-bosqich talabasi Ismatillayeva Sevinch
3-o‘rin — Xorijiy filologiya fakulteti 1-bosqich talabasi Reyimbayeva Farida

“Gitara ishqibozlari” tanlovi:
1-o‘rin — Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabasi Agaliyev Aganur

“She’riyat kechasi” tanlovi:
1-o‘rin — Alimqulova O‘g‘iloy, Jurnalistika fakulteti 2-bosqich talabasi
2-o‘rin — Saydullayeva Sevinch, Ijtimoiy fanlar fakulteti 2-bosqich talabasi
3-o‘rin — Ubaydullayeva Durdona, Jurnalistika fakulteti 1-bosqich talabasi

G‘oliblarni muborakbod etamiz va keyingi bellashuvlarda ularga omad tilaymiz!