Hasanova Nigora Hasan qizining falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida eʼlon

I.Umumiy maʼlumotlar.

  • Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmogʻi nomi): “Iqtisodiy oʻsish sifati bilan aholi daromadlari oʻrtasidagi bogʻliqlikni takomillashtirish”, 08.00.01 – Iqtisodiyot nazariyasi.
  • Dissertatsiya mavzusi roʻyxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Iqt-3403.
  • Ilmiy rahbar: Mambetjanov Qahramon Qurbandurdiyevich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
  • Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti.
  • IK faoliyat koʻrsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, DSc.03/2025.27.12.I.01.10.
  • Rasmiy opponentlar: Rasulova Dilfuza Valiyevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Hasanov Rustam Robbimovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
  • Yetakchi tashkilot nomi: Alfraganus universiteti.
  • Dissertatsiya yoʻnalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi iqtisodiy o‘sish sifati bilan aholi daromadlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni takomillashtirishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

  • respublikada iqtisodiy o‘sish sifati va aholi daromadlari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashga o‘z faoliyatini muntazam ravishda yiriklashtirib, aholi bandligini oshirishga xizmat qilayotgan iqtisodiyot sub’ektlariga asosiy va aylanma kapital xaridi uchun garovsiz kreditlar paketini taqdim etish orqali erishish taklifi asoslangan.
  • respublikada iqtisodiy o‘sish sifatini oshirishga innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan, inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini muvafaqiyatli yakunlagan va “Tashqi dunyo”ga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lgan startap loyihalarga davlatning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ularning ustav fondiga ulush sifatida investitsiya kiritish orqali erishishning maqsadga muvofiqligi nazariy jihatdan asoslangan.
  • iqtisodiy o‘sish va aholi daromadlarini oshirish mexanizmini iste’mol tovarlari ishlab chiqarish yo‘nalishida faoliyat yuritib, xodimlar soni 1000 tadan 5000 tagacha bo‘lgan va ularning kamida 15 foizi “Kambag’al oilalar reestri”ga kiritilgan iqtisodiyot sub’ektlariga foyda solig‘i stavkasini 2 foiz hamda ijtimoiy soliq stavkasini 1 foizgacha tushirish orqali takomillashtirish taklifi asoslangan.
  • yalpi ichki mahsulot hajmi va aholi daromadlariga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyatsion-regresson bog‘liqlikning ekonometrik modelini yaratish asosida respublikada iqtisodiy o‘sish va aholi real daromadlarini oshirishning 2030 yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.

 

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

  • Iqtisodiy o‘sish sifati bilan aholi daromadlari o‘rtasidagi mutanosiblikni takomillashtirish yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
  • respublikada iqtisodiy o‘sish sifati va aholi daromadlari o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlashga o‘z faoliyatini muntazam ravishda yiriklashtirib, aholi bandligini oshirishga xizmat qilayotgan tadbirkorlik sub’ektlariga asosiy va aylanma kapital xaridi uchun garovsiz kreditlar paketini taqdim etish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-martdagi PF-50-sonli “Kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi o‘rnini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining 2-bandi, “b” kichik bandini tayyorlashda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-dekabrdagi № 1/00-04/15-12547-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu yangilikning amaliyotga joriy qilinishi respublikada biznes muhitini yanada yaxshilash, iqtisodiy o‘sishga turtki beruvchi yangi biznes tashabbuslarni amalga oshirishga ko‘maklashish orqali iqtisodiy o‘sish sifati va aholi daromadlarini oshirishga xizmat qiladi;
  • respublikada iqtisodiy o‘sish sifatini oshirishga innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishga mo‘ljallangan, inkubatsiya yoki akseleratsiya dasturini muvafaqiyatli yakunlagan va “Tashqi dunyo” ga chiqish imkoniyatiga ega bo‘lgan startap loyihalarga davlatning budjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan ularning ustav fondiga investitsiya sifatida ulush kiritish orqali erishish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-60-sonli “Yoshlar tadbirkorligini hamda ularning bandligini ta’minlashga qaratilgan biznes loyihalarini qo‘llab–quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarorining 11-bandi, “a” kichik bandini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-dekabrdagi № 1/00-04/15-12547-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifning amaliyotga joriy qilinishi respublikada innovatsion loyihalarni ishga tushirish orqali iqtisodiy o‘sish sifatini oshirishga xizmat qiladi;
  • iqtisodiy o‘sish va aholi daromadlarini oshirish mexanizmini iste’mol tovarlari ishlab chiqarish yo‘nalishida faoliyat yuritib, xodimlar soni 1000 tadan 5000 tagacha bo‘lgan va ularning kamida 15 foizi “Kambag’al oilalar reestri”ga kiritilgan tadbirkorlik sub’ektlariga foyda solig‘i stavkasini 2 foiz hamda ijtimoiy soliq stavkasini 1 foizgacha tushirish orqali takomillashtirish taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 27-dekabrdagi PF-229-sonli “Tadbirkorlar uchun teng sharoitlar va adolatli raqobat muhitini ta’minlash bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmonining 2-bandini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-dekabrdagi № 1/00-04/15-12547-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy qilinishi natijasida respublikada aholining ijtimoiy ximoyaga muxtoj qatlamini ish bilan bandligni xamda iqtisodiy o‘sish sifatini ta’minlashga erishiladi;
  • yalpi ichki mahsulot hajmi va aholi daromadlariga ta’sir qiluvchi omillar o‘rtasidagi korrelyatsion-regresson bog‘liqlikning ekonometrik modelini yaratish asosida ishlab chiqarilgan respublikada iqtisodiy o‘sish va aholi real daromadlarini oshirishning 2030-yilgacha bo‘lgan ko‘p variantli prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-sonli “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmonining 18-bandi maqsadli ko’rsatkichlarini shakllantirishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 2025-yil 24-dekabrdagi № 1/00-04/15-12547-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu taklif asosida respublikada 2030-yilgacha bo‘lgan makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar shakllantirilgan.

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar

boʻyicha prorektor                                                                                           Y.S. Ergashov

 

Ilmiy darajalar beruvchi

ilmiy kengash raisi                                                                                           A.T. Umarov

 

Ilmiy darajalar beruvchi

ilmiy kengash ilmiy kotibi                                                                                X.X. Rejapov

 

         Talabgor                                                                                                          N.H. Hasanova

 

So‘nggi yangiliklar