Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment kafedrasi

Tagaev Behzod – Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

+998 97 265 43 71

 1btagaev@gmail.com

btagaev@nuu.uz


Kafedra tarixi va asosiy faoliyati

Mintaqaviy iqtisodiyot va menejment kafedrasi respublikamiz iqtisodiyoti uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlab kelayotgan yetakchi kafedralardan biri hisoblanadi. Kafedra ikki Menejment va Mintaqaviy iqtisodiyot kafedralari negizida tashkil topgan. Menejment kafedrasi dastlab Iqtisodiyot va ishlab chiqarishni boshqarish kafedrasi nomi bilan 1991 yilda tashkil topgan. 1998 yildan kafedraning nomi Menejment deb atala boshladi. Menejment kafedrasiga 1991-2002 yillarda iqtisod fanlari doktori, professor Muxiddinov Renat Muzaffarovich, 2002-2005 yillarda iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Sodiqova Iroda Anvarovna, 2006-2011 yillarda iqtisod fanlari doktori Mamatov Axmadjon Atadjdanovich raxbarlik qilib kelganlar. Mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasi esa O‘zbekiston Milliy universiteti rektorining 2002 yil 15 iyundagi 01-381 sonli buyrug‘iga muvofiq Mintaqashunoslik va tarmoqlar iqtisodiyoti kafedrasi nomi bilan tashkil etildi. So‘ngra universitet rektorining 2005 yil 29 iyundagi buyrug‘iga asosan Mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasiga aylantirildi. Kafedrani 2002-2011 yillarda geografiya fanlari doktori, professor Qayumov Abduhakim Abduhamidovich boshqardi.

2011 yilda Mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasi Menejment hamda Mintaqaviy iqtisodiyot kafedralari negizida Mintaqaviy iqtisodiyot kafedrasi tashkil etilib 2011 yilda unga iqtisod fanlari nomzodi, dotsent  Mo‘minov Nozim Gaffarovich, 2012-2016 yillarda geografiya fanlari nomzodi, dotsent Xalmirzaev Axmadjon Axunovich, 2016-2017 yillarda iqtisod fanlari nomzodi, dotsent Raxmonov Rasul Ne’matovich, 2017-2018 yillarda iqtisodiyot fanlari nomzodi, dotsent Xashimov Pazlidin Zukurovich, 2018-2021 yillarda iqtisodiyot fanlari doktori, professor Sodiqov Avaz Madaminovich rahbarlik qilganlar. 2021 yilning 1 dekabridan boshlab kafedraga iqtisodiyot fanlari doktori Tagaev Bekzod Ergashevich rahbarlik qilib kelmoqdalar.


Kafedrada o‘qitiladigan fanlar

Fan nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
1Iqtisodiyot nazariyasijahon miqyosida to‘plangan va bir tizimga keltirilgan iqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari, kategoriyalari, qonunlarini, tamoyillarini, ularning amal qilish xususiyatlari va mexanizmlarini hamda ularni amalda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish
2Iqtisodiy ta’limotlar tarixiayrim shaxslar, ijtimoiy guruhlar va umumjamiyat manfaatini ifodalovchi iqtisodiy fikr, qarash, g‘oya nazariya va ta’limotlarni shakllanishi va rivojlanishini tahlili asosida iqtisodiy dunyoqarashni shakllantirish
3Biznes rejalashtirishbiznes-rejani biznes yuritish strategiyasi va taktikasini belgilovchi xujjat sifatida ishlab chikishi va amalga oshirish buyicha bilimlar majmuini shakllantirish buyicha yunalish ixtisosligiga mos bilim, ko‘nikma va malakani shakllantirish
4Buxgalteriya hisobi va auditiqtisodiy bilimlarni nazariy asoslarlarini, buxgalteriya hisobi va auditning ob’ektlari, xo‘jalik mablag‘lari va ularni kelib chiqish manbalari, korxonalar o‘rtasida hisob-kitoblarni yo‘lga qo‘yish, debitorlik va kreditorlik qarzlarini kamaytirish, auditorlik tekshiruvining turlari va shakllari, korxonalarni moliyaviy faoliyati va ular to‘g‘risidagi to‘liq va ishonarli ma’lumotlarni  shakllantirish, taqdim etish, uning me’yoriy huquqiy  asoslarini o‘rgatish va ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini shakllantirishdan iborat.
5Statistikastatistikaning metodi va amaliyoti sohasida chuqur kasbiy bilimlar va zaruriy o‘quv malakasini shakllantirishdir
6Mikroiqtisodiyot va makroiqtisodiyotiqtisodiy bilimlarning nazariy asoslarini, iqtisodiyotning asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, iqtisodiy qonunlar va tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini shakllantirish
7Menejment va marketingmenejment va marketing bo‘yicha bilimlarning nazariy asoslarini, asosiy tushunchalari va kategoriyalarini, tamoyillarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish
8Innovatsion iqtisodiyotiqtisodiyot, shu jumladan ilmiy tadqiqot, iqtisodiy tahlil va pedagogik faoliyat sohasida innovatsiyalardan samarali foydalanish ko‘nikmalarini va fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish va sanoatda innovatsion mahsulotlar ishlab chiqarishining samaradorligini oshirishning nazariy va amaliy masalalari to‘g‘risida nazariy bilimlarni shakllantirish hamda va amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini hosil qilish
9Xufyona iqtisodiyotxufyona iqtisodiy faoliyat vujudga kelishi sabablari, mohiyati, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari to‘g‘risidagi bilimlarni berish orqali ularda iqtisodiyotni xufyonalashtirish va korrupsiya qarshi kurash ko‘nikmalarini shakllantirish
10Ekonometrika asoslariekonometrik tahlil va ekonometrik modellashtirish asoslarini chuqur o‘zlashtirish asosida iqtisodiy jarayon yoki hodisalarning o‘zgarishi sabab va oqibatlarini miqdoriy jihatdan o‘rgatish
11Oliy matematikaIqtisodiy jarayonlarni modellashtirishda ishlatiladigan matematik bilimlarni o‘rganish
12Raqamli va axborot texnologiyalaritalabalarni zamonaviy texnik vositalar, operatsion tizimlar va instrumental vositalardan foydalanish usullari, hisoblash jarayonlarini avtomatlashtirish tamoyil va uslublari hamda iqtisodiyotning turli sohalarida raqamlashtirish imkoniyatlari va yo‘nalishlari bilan chuqur hamda har tomonlama tanishtirishdan iboratdir.
13Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarjahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarga oid nazariy va amaliy bilimlarni berish, ularda jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlarning rivojlanish qonuniyatlarini chuqur tahlil etish bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish
14Tarmoqlar iqtisodiyotibozor iqtisodiyoti rivojlanish, inqiroz sharoitida qishloq xo‘jaligi, sanoat, qurilish iqtisodiyotining nazariy va amaliy masalalari to‘g‘risida talab qilinadigan bilimlarni erkin bozor qonun va qonuniyatlari asosida shakllantirish
15Raqamli iqtisodiyotraqamli platformalar bazasida iqtisodiy faoliyatni tashkil qilishning yuqori va ilg‘or texnologik usullari borasida istiqbolli fikrlashlarini shakllantirish hamda raqamli iqtisodiyot determinantlariga asoslangan iqtisodiy, texnologik, tashkiliy-boshqaruv bilimlaridagi qobiliyatlarini rivojlantirish, talabalar uchun zarur bo‘lgan raqamli iqtisodiyot qamrovi va mazmun mohiyati to‘g‘risida nazariy va amaliy bilimlari majmuini shakllantirish, o‘zaro bog‘liq (samarali, yuqori ilg‘or) texnologiyalar va ularni tadbiq etish bilan tanishtirish
16Institutsional iqtisodiyotinstitutsional iqtisodiyotining shakllanishi va rivojlanishining ham nazariy, ham amaliy tomonlarini, iqtisodiyot sub’ektlari faoliyatini o‘rganish usullari bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish
17Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishiqtisodiyotni tartibga solishning davlat mexanizmining o‘ziga xos xususiyatlari, shakl va usul,vositalari, davlatning iqtisodiy siyosati to‘g‘risidagi tizimli,keng qamrovli  nazariy bilim va amaliy  ko‘nikmalarini xosil qilish
18Iqtisodiy xavfsizlikdavlat va shaxsning muhim hayotiy manfaatlarini tan olgan holda mamlakag iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash bo‘yicha nazariy na amaliy bilimlar berish
19Mehnat iqtisodiyotimehnat munosabatlari sohasidagi qonuniyatlarni, shu jumladan mehnat kategoriyasining moxiyati , mehnat jarayonlarini namoyon bo‘lishining o‘ziga xos shakllari, mehnat bozorini rivojlantirish va uning amal qilish mexanizmi samaradorligini oshirish, aholi bandligini oshirishning nazariy va amaliy jihatlarini, mehnatni faoliyatini tashkil etish, mexnatga haq to‘lash, mehnatning samaradorligi, mehnat unumdorligi, aholini turmush darajasi va daromadlari , mehnat migratsiyasi bilan bog‘liq bir qator masalalarni o‘rgatish hamda uni amaliyotda qo‘llash ko‘nikmasini hosil qilish
20Infratuzilma iqtisodiyotiSanoat tarmoqlari va sohalari infratuzilmasi iqtisodiyotining nazariy va amaliy jihatlarini o‘rgatish
21Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashIqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalashning nazariy va amaliy jihatlarini o‘rgatish
22Iqtisodiyot.Praktikumnazariy bilimlari bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari hamda iqtisodiy hodisa va jarayonlarga uslubiy yondashuvlarini shakllantirish
23Pul va banklarpulning zarurligi, mohiyati, pul nazariyalari va pul aylanmasi, kredit va kredit munosabatlari, banklar va bank tizimi, valyutalarning xalqaro miqyosdagi harakatini tashkil qilish bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar berish
24Tadbirkorlik asoslariiqtisodiyot va  tadbirkorlikning mohiyati, ularning jamiyatni rivojlantirishdagi o‘rni va aholining bandlik muammosini xal etishdagi roli to‘g‘risida nazariy xamda amaliy professional bilim,  ko‘nikma va malakani shakllantirish
25Inson taraqqiyotiO‘zbekiston va jahonda inson taraqqiyoti va aholi turmush darajasini oshirishning nazariy va amaliy jihatlarini o‘rgatish
26Iqtisodiy o‘sish modellariIqtisodiy o‘sish va uning modellarining nazariy va amaliy jihatlarini o‘rgatish
27Real sektor iqtisodiyotiIshlab chiqarish, savdo va xizmat ko‘rsatish sohasi iqtisodiyotining nazariy va amaliy jihatlarini o‘rgatish
28Makroiqtisodiy tahlilIqtisodiyot tarmoqlari faoliyatining iqtisodiy tahlil metodologiyasi va amaliyoti bo‘yicha bilimlar berish.
29Startap texnologiyalarBiznes va startap loyihalarini amalga oshirish va boshqarish bo‘yicha bilimlar berish
30Investitsiyalarni boshqarishinvestitsiya tizimining shakllanish mexanizmini, investitsiyalarni baholashning tashkiliy-iqtisodiy, me’yoriy, ilmiy va uslubiy asoslarini, investitsiyalarni baholashning asosiy yo‘nalishlari, shakllari va usullarini haqida bilimlar berish
31Investitsionion loyihalar tahliliInvestitsiya loyihalari tahlili fanini o‘rgatishdan maqsad – talablarga amaliyotda loyihalar tuzish, tahlil qilish va samarali loyihalarni tanlab olishning nazariy va amaliy asoslarini o‘rgatishidan iborat.
32Strategik rejalashtirishstrategik rejalashtirish va prognozlashtirishning ilmiy asoslarini o‘rgatish hamda ularni amaliyotda tatbiq etish ko‘nikmasini shakllantirish
33Davlat byudjeti va g‘aznachilik tizimiO‘zbekiston Respublikasi byudjet jarayoni, davlat byudjetining g‘azna ijrosi haqidagi nazariy bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, ularda mamlakatda amalga oshirilayotgan institutsional islohotlarning bugungi bosqichida davlat moliya tizimida amalga oshirilayotgan modernizatsiyalashning ustuvor yo‘nalishlari borasida amaliy ko‘nikmalar hosil qilish
34Kreativ fikrlashVazifalar va maqsadlarga erishishning noan’anaviy ususllari, nostandart yechimlar va kreativ fikrlash bo‘yicha bilimlar beriladi
35Xalqaro marketingzamonaviy xalqaro marketing konsesiyasi bilan, uning tamoyillari, vazifalari va usullari bilan, baho va eksport tovar siyosatlarining mohiyati va ularning xalqaro marketingdagi ahamiyati bilan, xalqaro marketing strategiyalari bilan va xalqaro kommunikatsiya vositalari bilan chuqur va har tomonlama tanishtirish, o‘rgatish
36Amaliy buxgalteriyaBuxgalteriya hisobini yuritishda qo‘llaniladigan informatsion dasturiy ta’minot paketlaridan foydalanish bo‘yicha bilimlar beriladi
37Soliq va soliqqa tortishsoliq tizimini har tomonlama hamda chuqur o‘rganish asosida moliya tizimini boshqarish, moliya-soliq siyosatni amalga oshirish usullari, moliyaviy va soliq nazoratini amalga oshirish, korxonalarni moliyaviy boshqarish haqida bilim berish
38Korporativ moliyayuridik va jismoniy shaxslarning o‘z mulklarini ixtiyoriy ravishda birlashtirish orqali tijorat tashkilotini tashkil etish va tashkil etilgan tijorat tashkilotining faoliyati bilan bog‘liq pulli munosabatlarni anglatadi va moliya tizimining mustaqil sohasi haqidagi bilimlarni berish
39Mintaqaviy iqtisodiyotturli tabiiy-iqlim sharoitlari, iqtisodiy salohiyatlarini, bozor islohotlarini amalga oshirish avvalo xududiy darajada namoyon bo‘lishini, mavjud ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni xal etishda xududiy boshqaruv organlari ma’suliyati va ularning vakolatlarini kengayishi hamda muhim iqtisodiy masalalar tarmoq, umumrespublika miqyosidan xududiy darajaga o‘tkazilishini amalda qanday borayotganini o‘rgatish
40Tizimli taxlildavlat boshqaruvi apparatini takomillashtirish, ishlab chiqarish quvvatlarini taqsimot qilish, ishchi kuchi va uskunalarga bo‘lgan talabni belgilash, turli mahsulotlarga ehtiyojlarni aniqlash kabi yirik biznes vazifalarini bajarish bo‘yicha bilimlar berish
41Global iqtisodiy rivojlanishhozirgi kundagi zamonaviy konsepsiya va g‘oyalarning mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va shu kabi bir qator nazariy bilimlar berish
42Ijtimoiy ta’minotga kirish va ijtimoiy siyosatdavlat ijtimoiy siyosatini amalga oshirish mexanizmini takomillashtirish, aholining turmush darajasini izchil oshirish va sifatini yaxshilash, aholining ijtimoiy nochor qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar tizimini mohiyatini o‘rgatish
43Chiziqli algebraChiziqli algebraning usullari yordamida iqtisodiy masalalarni tahlil qilish va olingan natijalarni tahlil qilish va asoslab berish ko‘nikmalarini shakllantirish
44Ijtimoiy soha iqtisodiyotiijtimoiy soha iqtisodiyotining nazariy asoslari, rivojlanish qonuniyatlari, tamoyillari va kategoriyalarini o‘rgatish hamda ularda o‘z bilimlarini amaliyotga tatbiq etish ko‘nikmalarini  shakllantirish
45Barqaror rivojlanish va yashil iqtisodiyot asoslarinazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, yashil iqtisodiyotga uslubiy yondoshuv hamda ilmiy dunyoqarashini shakllantirish, qonunlar  va kategoriyalar mazmun-mohiyatini bilish, ularga nisbatan shaxsiy munosabatni shakllantirish orqali insonning hayotdagi o‘rni va ahamiyatini ochib berish
46Pul, kredit va bank ishipulning zarurligi, mohiyati, pul nazariyalari va pul aylanmasi, kredit va kredit munosabatlari, banklar va bank tizimi, valyutalarning xalqaro miqyosdagi harakatini tashkil qilish bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar berish
47Moliyamoliya tizimi, korxona moliyasi, davlat moliyasi, O‘zbekiston Respublikasida byudjetlashtirish jarayoni, davlat byudjetining g‘azna ijrosi to‘g‘risidagi nazariy-amaliy bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, ularda iqtisodiyotni modernizatsiyalashni chuqurlashtirish jarayonida moliya tizimidagi, moliyalashtirish sohasidagi jumladan ijtimoiy byudjetlashtirish, byudjet ijrosi natijakorligini oshirish borasida malakaviy ko‘nikmalarni shakllantirish
48Pensiya tizimi rivojlanishining xorij tajribasipensiya tizimlarining vujudga kelishi va rivojlanish bosqichlari, jahondagi pensiya tizimlarini isloh etish modellari, O‘zbekistonda pensiya tizimining tashkil topishi va rivojlanish to‘g‘risida tizimli, kompleks bilim, iqtisodiy qarash va ko‘nikmalarni shakllantirish
49Davlat pensiya ta’minoti va pensiyani hisoblashdavlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida nazariy bilimlar berish, ularda jahon tajribasi va mamlakatimizda amalga oshirilayotgan bu boradagi institutsional islohotlarning pensiya ta’minoti tizimini boshqaruvidagi o‘rni to‘g‘risida kasbiy bilimlar va zaruriy o‘quv malakasini shakllantirish
50Jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minotijamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti va investitsion jarayonni faollashtirish hakida nazariy bilimlar berish, jamg‘ariladigan  pensiya ta’minoti afzalliklari va investitsion jarayonni faollashtirishni boshqarish va takomillashtirish to‘g‘risida kompleks bilimlar va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish
51Kambag‘allik va uni qisqartirish yo‘nalishlarikambag‘allik tushunchasi, uning kelib chiqish sabablari, kambag‘allik darajasini qisqartirishda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining manzilligini kuchaytirishning zarurligi, mohiyati va amalga oshirish mexanizmi to‘g‘risida tizimli kompleks bilim, iqtisodiy qarash va ko‘nikmalarni shakllantirish
52Ijtimoiy sug‘urtabozor iqtisodiyoti sharoitida ijtimoiy sug‘urtaning nazariy va amaliy asoslarini jaxon tajribasiga asoslangan holda o‘rganish
53Soliq va soliqqa tortishsoliq tizimini har tomonlama hamda chuqur o‘rganish asosida moliya tizimini boshqarish, moliya-soliq siyosatni amalga oshirish usullari, moliyaviy va soliq nazoratini amalga oshirish, korxonalarni moliyaviy boshqarish haqida bilim berish
54Tadbirkorlik asoslaritadbirkorlikning mohiyati, ularning jamiyatni rivojlantirishdagi o‘rni va aholining bandlik muammosini xal etishdagi roli to‘g‘risida nazariy xamda amaliy professional bilim,  ko‘nikma va malakani shakllantirish
55Xalqaro protokol va etiketXalqaro protokol va etiketning nazariy va amaliy jihatlarini o‘rgatish
56Moliya bozoriMoliya bozorining mohiyati, tarkibi, sub’ektlari va ob’ektlari, mexanizmlari, tartibga solish usullarini o‘rgatish
57Global iqtisodiy rivojlanishhozirgi kundagi zamonaviy konsepsiya va g‘oyalarning mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari va shu kabi bir qator nazariy bilimlar berish
58Ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaKlassik statistika jarayonlarini aniq tasavvur qilish, bu jarayonlarning matematik modelini tuzish va yechimlarini topish usullarini o‘rganish, yechimlarni matematik tahlil qilish, stoxastik tajribalardan olingan sonli ma’lumotlar-tanlanmani qayta ishlash va undan tegishli statistik xulosalar chiqarish usullarini amalda qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish
59Iqtisodiy-matematik modellar va usullarIqtisodiyotning turli mulkchilik shakllariga asoslangan korxonalarida qarorlar qabul qilish bosqichlari va jarayonlarini amalga oshirish, ularning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini tahlil qilish va ushbu soxada vujudga kelishi mumkin bo‘lgan amaliy muammolarni yechishda iqtisodiy-matematik usullar va modellar hamda zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalana olish bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish
60Moliyaviy matematikaMiqdoriy usullarni qo‘llab, ilmiy asoslangan moliyaviy qarorlar qabul qilishni  biladigan, xalqaro moliya-kredit tizimlarida qo‘llanadigan miqdoriy usullarni o‘zlashtirgan, xalqaro va ichki tijorat va investitsiya loyihalarini tahlil qilish bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish
61Vaqtli qatorlar tahliliIqtisodiy jarayonlarni vaqtga asosan o‘zgarishlarini tahlil qilish, vaqtli qatorlarni modelllashtirish va ularning adekvatligini tekshirish, vaqtli qator modellari asosida prognozlashtirish ko‘nikmalarini shakllantirish.
62Aktuar matematikaJamiyatning siyosiy hududiy tashkil etilishi va rivojlanishi qonuniyatlari, dunyo siyosiy xaritasining shakllanishi va rivojlanishi jarayonlari, tashqi iqtisodiy aloqalarning geografik jihatlariga doir bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirish
63Moliyaviy dasturlashmakroiqtisodiyot nazariyasi, makroiqtisodiy tahlil va davlatning makroiqtisodiy siyosati to‘g‘risida bir tizimga solingan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish
64Kapital bozorining texnik taxlilivalyuta va qimmatli qog‘ozlar bozorlarini texnik tahlil qilish nazariyasi va amaliyotining asoslari o‘rganish
65Risklarni boshqarish va sug‘urtarisklarni boshqarish yuzasidan nazariy bilimlar berish risklarni boshqarish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish va zamon talabiga mos bilim, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish
66Iqtisodiyotda o‘yinlar nazariyasiboshqaruvdagi qarorlarni qabul qilishning nazariy bilimlari va amaliy  ko‘nikmalarini o‘rgatuvchi fan bo‘lib, tashkiliy-iqtisodiy va ishlab chiqarish tizimlarining zamonaviy sharoitlarida boshqaruvdagi qarorlarni qabul qilish variantlari aniqlash imkoniyatini berishi orqali optimal strategiyalar va qarorlarni tanlash
67Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashZamonaviy bozor iqtisodiyoti sharoitida mamlakat iqtisodiyotining tahlili hamda prognozi uchun talab qilinadigan nazariy va amaliy masalalar to‘g‘risida bilimlarni berish.

Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar

Kafedrada yaratilgan ilmiy maktab haqida ma’lumot “O‘zbekiston mintaqalarida mehnat resurslaridan samarali foydalanish va boshqarish istiqbollari» mavzusida ilmiy maktab yaratilagan.

Kafedrada dissertatsiya ishini himoya qilgan tadqiqotchilar

Tadqiqotchining F.I.Sh.Dissertatsiya ishi mavzusi
Kim Tatyana ValerevnaSovershenstvovanie konseptualnыx osnov razvitiya sferы turizma v usloviyax modernizatsii ekonomiki.
Batirova Nilufar SherqulovnaInnovatsion iqtisodiyot shakllanishi sharoitida mintaqa sanoati rivojlanishining yo‘nalishlari (Toshkent viloyati misolida)
G‘ofurov Anvar BazarbaevichKo‘mir sanoati korporativ boshqaruvida axborotlashtirish tizimini takomillashtirish
Asadov Xurshed Sa’dullaevichMintaqalar iqtisodiy rivojlanishini baholash va prognozlash uslubini takomillashtirish
Sxay Lana AleksandrovnaO‘zbekiston aholisining kutilayotgan umr ko‘rish davomiyligi istiqbollari hamda o‘lim darajasining demografik va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlari

Kafedrada tadqiqot olib borayotgan tadqiqotchilar

Tadqiqotchining F.I.Sh.Dissertatsiya ishi mavzusi
Djumabaeva Shoira XalillaevnaQoraqalnog‘iston Respublikasi iqtisodiy-demografik rivojlanishining asosiy yo‘nalishlari va muammolari
Nazarova Feruza UsmonovnaQishloq hududlarini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish strategiyasini shakllantirishning uslubiy asoslari
Musaeva Dilnoza DilshatovnaSovershenstvovanie upravleniya razvitiem straxovogo rыnka v regionax Uzbekistana
Begimova Dilshoda KomiljonovnaKlaster siyosati asosida mintaqalar tabiiy-iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish
Egamberdiev Komron Farmonqul O‘g‘lining  O‘zbekiston Respublikasi mitaqalari strategik rivojlanishi ekologik jixatlari
Abdusattorov Erkin Abdujabbor o‘g‘li“Oliy ta’lim tizimida rahbar kadrlar faoliyati samaradorligini baholash tizimini takomillashtirish”
Nazarov Nazirjon NarilloevichMintava iqtisodiy rivojlanishini strategik rejalashtirishning metodik asoslari

Kafedradagi fundamental, amaliy va innovatsion grantlar haqida ma’lumot

Kafedra a’zolari 2000-2020 yillarda ikkita amaliy grantini muvoffaqiyatli amalga oshirgan

dos.MajidovN.M. rahbarligidagi F-1-16 – «O‘zbekistonda investitsiya jarayoniga jamg‘arib  boriladigan pensiya jamg‘armasining ta’sir etish mexanizmlarini tadqiq etish» nomli davlat granti, 2012 yildan 2016 yilgacha.53 mln.890 ming.

prof.QayumovA.A. rahbarligidagi A-7-34. “Zarafshon mintaqasi hududida joylashgan sanoat ob’ektlarining atrof-muhit va tabiatga ta’siridan kelib chiquvchi ekologik muammolarni hol etishning amaliy yo‘llari” (2015-2017 yillar ) – 28 mln. so‘m.


Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot

Tashkilot va muassasa nomiFiliallari to‘g‘risida ma’lumot
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziriligiHar bir viloyatda Iqtisodiyot boshqarma va har bir tumanda bo‘linmasi mavjud
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziriligi huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiHar bir viloyatda boshqarma, har bir tumanda bo‘linmasi mavjud
O‘zbekiston Respublikasi Davlat Statistika qo‘mitasiHar bir viloyatda boshqarma, har bir tumanda bo‘linmasi mavjud
O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligiHar bir viloyatda boshqarma, har bir tumanda bo‘linmasi mavjud
Prognozlash-tirish va makroiq-tisodiy tadqiqotlar instituti 
«Trastbank» xususiy aksiyadorlik bankiFiliallari mavjud
Germaniyaning Bremenxafen Amaliy fanlar universiteti 
Italiyaning Rim Sapiensa Universiteti   

Kafedra tarkibi

      F.I.ShLavozimi, ilmiy darajasi
1Sodiqov A. M.kafedra  mudir, professor, i.f.d.
2Tursunov Sh.A.dotsent, i.f.d.
3Bekmurodov N.X.dotsent, i.f.n.
4Fayzieva Sh.R.dotsent, i.f.n.
5Djumanova R.F.dotsent, i.f.n.
6Xolmirzaev A.A.dotsent g.f.n.
7Adilov B.B.dotsent, i.f.n.
8Sxay L.A.dotsent v.v.b, i.f.n.(PhD)
9G‘ofurov A.Bi.f.n., katta o‘qituvchi
10Nigmatova D.Z.katta o‘qituvchi
11Musaeva Z.Nkatta o‘qituvchi
12Elmonov B.EO‘qituvchi
13G‘ulomov Z.T.professor, i.f.n.
14Caidjabborova ShDotsent v.v.b
15Shaizakov B.katta o‘qituvchi
16Aliqulov A.O‘qituvchi
17Nazarova S.ShO‘qituvchi
18Nazarov Sh.X.professor, i.f.d.
19Tagaev Bkatta o‘qituvchi
20Majidov N.M.dotsent, i.f.n.
21Zokirov S.Sdotsent, i.f.n.
22Xolov A.dotsent, i.f.n.
23Otaboev Sh.X.katta o‘qituvchi,f.f.d.(PhD)
24Niyazov M.A. O‘qituvchi
25Yormamatov Q.O‘qituvchi
26Nazarov N.N.O‘qituvchi
27Djumabaeva Sh.XDoktorant