Etika va estetika kafedrasi

La’lixon Ashuralievna- Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

71 246-67-72

 lalixon@list.ru; lalixonm@gmail.com


O‘zbekistonda jahon tilidagi etika va estetika fanlari asrlar davomida inson kamoloti jamiyat ravnaqi hamda davlat barqarorligiga xizmat qilib kelgan. Bu fanlarning taraqqiy etishida faylasuflar, adabiyotshunoslar, san’atshunoslarning xizmatlarini alohida ta’kidlash mumkin. Mamlakatimizda mazkur fanlarning yanada ravnaq topishida akdemik Ibrohim Mo‘minovning xizmatlari katta bo‘ldi. Ibrohim Mo‘minov 60-yillardan boshlab O‘zbekiston Fanlar Akademiiyasi tizimida estetika sektorini tashkil etdi. Unda dastlabki aspirantlar qabul qilindi va qator yoshlar Moskvaga o‘qishga jo‘natildi. Moskvaga borib ta’lim olgan talabalar estetika, falsafa, san’atshunoslik fanlari birikuvida yozilgan nomzodlik dissertatsiyalarini muvaffaqiyatli himoya qildilar.

Mamlakatimizda etika va estetika fanlariga bo‘lgan ehtiyojni hisobga olib, 1986 yilda Toshkent Davlat Universitetida alohida fakultetlararo «Etika va estetika» kafedrasi tashkil etildi.  

Yigirma yildan ortiq faoliyati davomida kafedraga dastlab filologiya fanlari nomzodi, dotsent Hojimurod Rasulov (1986-1988 yy), so‘ngra falsafa fanlari doktori, professor Mahmudjon Nurmatov (1988-1993 yy), falsafa fanlari nomzodi, dotsent Ibodulla ergashev (1993-1994 yy), Filologiya fanlari nomzodi, O‘zbekiston xalq yozuvchisi Muhammad Ali (1994-1996 yy), dotsent Abdulla Sher (1996-1997 yy) falsafa fanlari doktori, professor Erkin Umarov (1997-2002 yy), dotsent Abdulla Sher (2004-2005 yy), falsafa fanlari doktori Oqnazar Qurbonmamadov (2005-2006 yy), falsafa fanlar nomzodi., dotsent Husanov Bahodir (2006-2017yy) lar rahbarlik qilganlar. 2017 – o‘quv yilidan buyon kafedraga falsafa fanlari nomzodi., professor La’lixon Ashuralievna Muhammadjonova rahbarlik qilib kelmoqda. 

Kafedra dastlab o‘z faoliyatini 7 o‘qituvchi bilan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunga kelib 7 shtat birligida 9 ta professor-o‘qituvchilar faoliyat olib bormoqda. Shulardan 3 ta fan nomzodi, 3 ta PhD, 3 ta katta o‘qituvchi, 2ta o‘qituvchi hamda 1 ta stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va 3 ta katta ilmiy hodimlar faoliyat olib bormoqda.

Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi estetika va etika sohasida ilmiy tadqiqotlar olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Hozirgi kunda 09.00.04-Yestetika ixtisosligi bo‘yicha stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va katta ilmiy hodim asosida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. 2000 yilda 5A220303-Yestetika mutaxassisligi, 2005 yilda 5A 220304-Etika mutaxassisligidan magistratura ochildi. 2011 yilda ushbu  mutaxassisliklar birlashtirilib, 5A 120503-Etika va estetika mutaxassisligi ochildi va unga iqtidorli talabalar qabul qilindi. 2020 yildan barcha soxalar birlashib 5A120501 Falsafa ( sohalar bo‘yicha) mutaxassisligi ochildi va unga iqtidorli talabalar qabul qilindi.


KAFEDRA ALOQALARI:

O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi Qonuni va “Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi” talablarini amalga oshirishda Oliy ta’lim va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limining uzviyligi va uzluksizligini ta’minlash ta’lim, ilmiy-tadqiqot ishlari va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash samaradorligini oshirishni takomillashtirish hamda mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalari  (bakalavriat va magistratura)da taxsil olayotgan talabalarni ilmiy-tadqiqot ishlariga  kengroq jalb etish, ta’lim bilan fanning samarali integratsiyasini ta’minlash, ta’lim muasasalarida ilm-fanni jadal rivojlantirish va shu asosda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashdan iboratdir.

Shu maqsadda kafedra quyidagi O‘zRFA tizimidagi institutlar, respublika oliy va o‘rta maxsus kasb hunar ta’limi muassasalari, davlat va jamoat tashkilotlari bilan yaqindan hamkorlik qilib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tizimi

O‘zRFA I.Mo‘minov nomidagi Falsafa va huquq istituti.

O‘zbekiston Badiiy Akademiyasi San’atshunoslik instituti.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari

O‘zbekiston Davlat San’at instituti «San’atshunoslik va texnogen san’at» fakulteti.

Toshkent Davlat Texnika universiteti «Ma’naviyat asoslari va milliy istiqlol g‘oyasi» kafedrasi.

Samarqand Davlat Universiteti «Ijtimoiy gumanitar fanlar» kafedrasi.

Milliy Rassomlik va Dizayn instituti «Amaliy san’at» fakulteti.

Milliy Rassomlik va Dizayn instituti «Tasviriy san’at» fakulteti.

Milliy Rassomlik va Dizayn instituti «Dizayn» fakulteti.

Toshkent Arxitektura-qurilish instituti.

O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi «Orkestr cholg‘ulari» fakulteti.

O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi «Sharq musiqasi» fakulteti.

O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi «Bastakorlik, musiqashunoslik va fortepiano» fakulteti.

O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi «Estrada san’ati» fakulteti.

O‘zbekiston Davlat konservatoriyasi «Xonandalik va xor dirijyorligi» fakulteti.

O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi muassasalari

Toshkent Qurilish kommunal kasb-hunar kolleji «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi.

Toshkent shahar Yunusobod Dizayn kasb-hunar kolleji «Ijtimoiy-gumanitar fanlar» kafedrasi.

O‘zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi  2-sonli Akademik litsey, S.Sirojiddinov nomli Akademik litsey va Zangiota Akademik litseylari  

Jamoat tashkilotlari  tizimi

O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi, «Sog‘lom alod uchun» xalqaro xayriya jamg‘armasi «Sog‘lom avlod uchun» ilmiy-tarbiyaviy, ommabop, bezakli oylik jurnal.

O‘zbekiston Respublikasi madaniyat va sport ishlari vazirligi, «O‘zbekteatr» ijodiy-ishlab chiqarish birlashmasi. «Teatr» adabiiy- badiiy, axborot-reklama jurnali.

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi «San’at» jurnali.  


FANDA ERISHILGAN YUTUQLAR

Kafedra ilk faoliyatini boshlaganda universitetda faqat 2 ta fandan – etika hamda estetika fanlaridan mashg‘ulotlar olib borgan bo‘lsa, bugungi kunga kelib unda professor-o‘qituvchilari tomonidan bakalavr ta’lim yo‘nalishida 10 ta, magistratura mutaxassisliklarida esa 13 ta predmetdan dars olib borilmoqda.

Falsafa fakulteti rahbariyati va kafedramiz professor-o‘qituvchilarining sa’y harakati bilan bakalavr ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan fanlarning soni va ko‘lami yanada kengaydi. Keyingi yillarda Tarix fakultetining bakalavr ta’lim yo‘nalishida «Muomala madaniyati», Falsafa fakultetining bakalavr ta’lim yo`nalishlarida «San’at falsafasi», «San’atning ma’naviy asoslari», «O‘qituvchi nutq madaniyati», «Notiqlik san’ati»,  «Axloq falsafasi» «Nafosat falsafasi» fanlaridan, magistratura mutaxassisliklarida «Etiket», «Bioetika», «Axloqshunoslik va estetika tarihi», «Etika va estetikaning nazariy asoslari», «Axloqiy va estetik madaniyat» «Boshqaruv etikasi», «Atrof muhit, dizayn va texnika estetikasi», «Milliy axloqiy estetik qadriyatlar»,  «Amaliy etika va etiket», «Tasavvuf axloqshunosligi»,    «Etika va estetika fanlarini o‘qitish metodikasi» kabi yangi, zamonaviy fanlarni o‘qitishga asos solindi. Shuningdek, Falsafa fakulteti falsafa ta’lim yo‘nalishi 2 kurs talabalari uchun «Axloq falsafasi», 3-kurs talabalari uchun «Nafosat falsafasi» fanlaridan kurs ishi joriy etildiki, bu talabalar tomonidan fanni o‘zlashtirishda, ilmga bo‘lgan munosabatda ijobiy o‘zgarishlarga olib keldi.

O‘qitilayotgan fanlardan darslarning zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘tilishga katta e’tibor qaratildi. Kafedraning barcha a’zolari oxirgi uch yilda zamonaviy pedagogik texnologiyalar bo‘yicha malaka oshirdilar. Buning natijasi o‘laroq, «Etika», «Estetika», «Nafosat falsafasi», «Axloq falsafasi», «Notiqlik san’ati» kabi fanlarda zamonaviy pedagogik texnologiyaning «Klaster», «Aqliy hujum», «Matbuot konferentsiyasi», «FSMU», «Skorobey», «Guruhlar bilan ishlar» singari metodlardan samarali foydalanilmoqda.

Shuningdek, Falsafa fakulteti Falsafa bo‘limi bakalvr ta’lim yo‘nalishi talabalariga dotsent Abdulla Sher tomonidan «Axloq falsafasi» fanidan akademik esselar yozish joriy qilindi. Bu esa talabaning mustaqil fikrlashga, muammo obektini ilmiy talqin etishga, badiiy tafakkurini o‘stirishga, tevarak atrofdagi voqea-hodisalarni teran idrok qilishida o‘zining samarali natijalarni bermoqda.

Kafedraning talabalar bilan olib boradigan faoliyati keng tarmoqlidir. Bu faoliyat o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot ishlari, Ma’naviy-ma’rifiy ishlar ko‘lami bilan belgilanadi. Garchand, kafedra, bakalar ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bitiruvchilar tayyorlaydigan kafedra bo‘lmasa-da, talabalarning istaklariga ko‘ra, har yili kafedra professor-o‘qituvchilari 20 dan ziyod Malakaviy ishlarga rahbarlik qiladilar.

Ayniqsa, kafedrada professor-o‘qituvchilari tomonidan olib boriladigan fanlarning mazmuni bevosita ma’naviy-ma’rifiy jarayonlarga tegishli bo‘lganligi, shuningdek, kafedraning yetakchi professor- o‘qituvchilari tayanch ma’lumotlari san’at, adabiyot, madaniyat, ma’naviyat sohalariga  tegishli bo‘lganligi bois olib boriladigan ma’rifiy ishlar muhim ahamiyatga ega. Jumladan, dotsent La’lixon Muhammadjonova O‘zMU Hotin-qizlar qo‘mitasi raisi sifatida barcha ma’naviy-ma’rifiy ishlarning tashkilotchisi va faol ishtirokchisidir. Professor erkin Umarov «O‘zbekteatr» ijodiy uyushmasi a’zosi sifatida Universitetdagi «Nihol», «Hazina» festivallaridagi sahna ko‘rinishlari bo‘yicha o‘zining amaliy maslahatini berib keladi. Katta o‘qituvchi Dilbar Qodirova O‘zbekiston Respublikasi Bastakorlar uyushmasi a’zosi sifatida Universitetda va Respublika miqyosida o‘tkaziladigan «O‘zbekiston Vatanim-manim» qo‘shiqlar ko‘rik tanloviga talabalarni saralash va tayyorlash ishlarida yaqindan ko‘mak berib keladi. Dotsent Abdulla Sher O‘zbekiston Yozuvchilar va jurnalistlar uyushmasi a’zosi, taniqli shoir sifatida, Universitet talabalari bilan ijodkorlarning qator uchrashuvlarini o‘tkazib kelmoqda.

Katta o‘qituvchi Nilufar Agzamova kurs murabbiysi va ustoz sifatida talabalarga to‘g‘ri yo`llanma berishda, hayot yo`llarini to‘g‘ri belgilashda o‘zlarining qimatli maslahatlari yordam bermoqda.

Bundan tashqari, kafedra professor-o‘qituvchilarining ma’naviy-axloqiy mavzularga doira chop etgan ilmiy ishlari ham salmoqlidir. Xususan, prof.essor e.Umarovning «Til va nutq qiyofasi», falsafa fanlari nomzodi B.Husanovning «O‘zMUda ma’naviyat kunlarini o‘tkazish: tajriba va muammolar», dotsent L.Muhammadjonovaning «Oila ma’naviyati – jamiyat ko‘zgusi», katta o‘qituvchi N.Agzamovaning «Yoshlarni bag‘rikenglik g‘oyalari asosida tarbiyalashda musiqa san’atining o‘rni» mavzularidagi ilmiy ishlari ma’naviy-axloqiy tarbiya jarayonida o‘zining muhim ahamiyatga ega ekanligi bilan alohida o‘ringa ega.

Ilmiy-tadqiqot ishlari estetik tafakkur tarixi, estetikaning umumnazariy masalalari, zamonaviy estetikaning global muammolariga doir mavzular yo‘nalishida tadqiq qilinadi. Bugungi kungacha aspirantlarimiz, doktorantlarimiz va tadqiqotchilarimiz tomonidan estetika va uning tarmoq sohalari, axloq va uning zamonaviy ta’limotlari, madaniyat va uning umuminsoniy tamoyillari bilan uzviylikda bir qator tadqiqot ishlari amalga oshirildi va dissertatsiyalar himoya qilindi.

2020 yilda kafedra qoshida 5A 120501 Falsafa (soha turlari) mutaxassisligi ochildi Etika va Estetika kafedrasida 20 ta magistr taxsil olmoqda.

Kafedradagi magistratura – ta’lim oluvchilarning yuksak tayyorgarlik darajasi malakasi, madaniy ma’naviy-axloqiy saviyasining sifatiga nisbatan qo‘yiladigan zarur talablarni belgilab beruvchi davlat ta’lim standartlarini yaratish va joriy etish asosida shakllantirilgan.


  1. Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr uchun alohida ko‘rinishda
Fan nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
1Axloq falsafasiFanni o‘qitishdan maqsad – axloqiy tafakkurga doir vorisiylik xususiyatlari, ularning taraqqiyot bosqichlari, axloqning shaxs, fuqarolik jamiyati va davlat hayotida tutgan o‘rni, axloqiy anglash, axloqning tuzilmaviy jihatlari hamda ularning falsafiy mohiyatini ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish va falsafiy asoslab berishdan iborat.
2Nafosat falsafasinafosatga doir tafakkurning vorisiylik xususiyatlari, ularning taraqqiyot bosqichlari, nafosatning shaxs, fuqarolik jamiyati va davlat hayotida tutgan o‘rni, nafosatli anglash, nafosatning tuzilmaviy jihatlari hamda ularning falsafiy mohiyatini ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish va falsafiy asoslab berishdan iborat.
3RITORIKAtalaba-yoshlarni nutqini takomillashtirish, shaxslararo hamda jamoa bilan bo‘ladigan muloqotlarida o‘z fikrini erkin, ravon bayon etish ko‘nikmalarni shakllantirish, notiqlikning san’at sifatidagi mohiyati va ahamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan asoslashdan iborat.
4NOTIQLIK SAN’ATIamaliy jihatdan chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til meʼyorlari, nutqning sifatlari, nutq uslublarini o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi hamda nutqda uchrashi mumkin boʻlgan nuqsonlar, talaffuzga doir muammolarni hal yetish yuzasidan bahs yurituvchi fan bo‘lib, bugungi kunda ijtimoiy hayotning barcha sohalarida faoliyat yurituvchi insonlar uchun notiqlik mahoratini yegallash zaruriyatga aylanib bormoqda.


Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, magistratura uchun alohida ko‘rinishda

Fan nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
1Jamiyat, axloq va qadriyatlar falsafasiTalabalarga jamiyat, axloq va qadriyatlar falsafasining va uning o‘ziga xos xususiyatlari, tamoyillari, mezonlari haqida tasavvur hosil qilish, axloqiy qadriyatlarning fuqarolik jamiyati va davlat hayotida tutgan ahamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berishdan iborat.
2Amaliy etika va estetika“Amaliy etika va estetika” fani falsafiy fanlarni o‘zlashtiruvchi bo‘lajak faylasuflarni axloqiy va estetik jihatdan tarbiyalashda muhim omillardan biridir. Mazkur fan doirasida talabalar jamiyat va insonlararo munosabatlarda axloqiy va estetik me’zonlarning o‘ziga xos xususiyatlari taxlil etiladi. Fan dasturi etika va estetikaning amaliy jihatlarni anglab yetishda o‘ziga xos ahamiyat kasb etadi. 
3DAVLAT XIZMATChISI ETIKASI IMIJImagistrantlarda boshqaruv etikasi va uning o‘ziga xos xususiyatlari, tamoyillari, mezonlari haqida tasavvur hosil qilish, boshqaruv etikasi va boshqaruvchi imidjining fuqarolik jamiyati va davlat hayotida tutgan ahamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berishdan iborat.
4ANALITIK ESTETIKAestetik tahlil bugungi kunda muhim talab va ehtiyojlaridan biri ekanligi, estetik muhitning shaxs va jamiyat hayotida tutgan o‘rnini falsafiy-estetik tahlil etish, estetik jihatlarini tushuntirish. Magistrantlarning estetik jarayonlarga doir dunyoqarashini o‘stirish, estetika fanidagi, turmushdagi, ishlab chiqarishdagi, tabiatdagi nafosatning mohiyatini tushuntirish va tahlil etishga o‘rgatish. 
5ETIKETmagistrlarga etiketning axloqiy-estetik mohiyati haqida hamda etiketning vujudga kelishi va uning  insoniy munosabatlardagi o‘rni amaliy ahamiyatini ilmiy-nazariy jihatdan tadqiq etish va falsafiy asoslab berishdan iborat.

  1. Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida
  Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.ShIlmiy darajasi, unvoni  Dissertatsiya ishi mavzusi
1Muxamedjanova Lalixon AshuralievnaKafedra mudiri, f.f.n., professorMa’rifatparvar shoiralar Dilshodi Barno va Anbar otinning Ijtimoiy axloqiy qarashlari
2Qodirova Dilbar Salixovnaf.f.n.,v.b. professorSan’atning umumnazariy masalalarida estetik me’yor va mezonlar tahlili.
3Agzamova Nilufar Shuxratovnaf.f.n., v.b. ProfessorMesto muzыki v esteticheskoy konsepsii vostochnыx peripatetikov (na primere tvorchestva  Al Farabi i Ibn Sina)
4Shodimetova Gulchehra MamurovnaKatta o‘qituvchi., PhDMilliy bayramlarning  estetik xususiyatlari
5Tulyaev Avaz IlxamovichKatta o‘qituvchi., PhDVirtual olamning axloqiy muammolari
(falsafiy tahlil)
6Abduazimova Zarina AmirovnaKatta o‘qituvchi., PhD“Globallashuv jarayonida ekologik axloqni shakllantirishga konseptual yondashuv”
7Xalilov Raufjon Raximjon o‘g‘liTayan doktarantBunyodkorlik- milliy yestetik taraqqiyot fenomini
8Qipchoqov Xamidjon G‘ulomovichTayan doktarantDavlat xizmatchilari faoliyatida ijtimoiy javobgarlikning axloqiy asoslari
9Nurullaeva Zulxumor SidamatovnaTayan doktarantMaqom sanatining badiiy yestetik mohiyati
10Rajabov Shuhrat SheralievichTayan doktarantShaxs yestetik yehtiyojlarining kibermakondagi transformatsiyasi
11Alimov Sardor Komil o‘g‘liTayan doktarantAholi migratsiyasi ijtimoiy-axloqiy muhit transformatsiyasi omili sifatida
12Sherova Dilorom AbdullaevnaMustaqil tadqiqotchiUyg‘unlikning falsafiy-yestetik  hususuiytlari (Me’morlik sanati misolida)
13Xudoyqulov Do‘stmurod XidirovichMustaqil tadqiqotchiSohibqiron Amir Temur axloq falsafasining zamonaviy talqini
14Toshpolatova Shirin MuxitdinovnaMustaqil tadqiqotchiDavlat xizmatchisini tayyorlashda kasbiy-axloqiy kompitentlikni shakllantirishga konseptual yondashuv

Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot

Kafedra tarkibi

Familiya ismi sharifiElektron pochta
1Muxamedjanova L.A.l.muxamadjonova@nuu.uz
2Kadirova D.S.d.salixovna@nuu.uz
3Agzamova N.Sh.n.agzamova@nuu.uz
4Shadimetova G.M.g.shodimetova@nuu.uz
5Tulyaev A.I.a.tulyayev@nuu.uz
6Abduazimova Z.A.z.abduazimova@nuu.uz
7Inagamova F.X.f.inagamova@nuu.uz
8Jamolov D.B.d.jamolov@nuu.uz
9Alimov S.K.s.alimov@nuu.uz

To‘garaklar: “Notiqlik Debat” klubi