Özbekiston Milliy universiteti Hamkor taşkilotlar va ta’lim muassasalari bilan işlaş bölimi mas’ul xodimlari tomonidan Toşkent şahrining Olmazor va Şayxontohur tumanlarida joylaşgan ixtisoslaştirilgan maktablarga taşrif amalga oşirildi. Taşrif davomida universitet va maktablar örtasida tuzilgan hamkorlik memorandumlari ijrosi, fakultetlar hamda kafedralar tomonidan olib borilayotgan işlar samaradorligi örganildi.

Şuningdek, mavjud hamkorlik aloqalarining bugungi holati yuzasidan maktab rahbariyati bilan fikr almaşildi.
Uçraşuvlarda hamkorlikni yanada rivojlantiriş, maktab öquvçilarining bilim va salohiyatini oşiriş, ularni ilmiy faoliyatga jalb etiş hamda universitet professor-öqituvçilari iştirokida turli ma’rifiy va ta’limiy tadbirlarni taşkil etiş böyiça taklif va mulohazalar bildirildi.


Mazkur taşriflar Özbekiston Milliy universiteti va poytaxt ixtisoslaştirilgan maktablari örtasidagi hamkorlikni yangi bosqiçga olib çiqiş, yoşlarning intellektual salohiyatini rivojlantiriş hamda uzluksiz ta’lim tizimidagi özaro aloqalarni mustahkamlaşga xizmat qiladi.