Zoologiya kafedrasi

M.Sh. Raximov – Kafedra mudiri

 100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy

 Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00

 +998 71 246-82-67

e-mail: rusoha@mail.ru


Zoologiya kafedrasi dastlab ikkita kafedra – Umurtqasizlar zoologiyasi kafedrasi va Umurtqalilar zoologiyasi kafedrasi sifatida tashkil topgan. Zoologiya kafedrasi 2005 yil Umurtqasizlar zoologiyasi O‘IM (O‘quv ilmiy markazi) va Umurtqalilar zoologiyasi kafedrasining qo‘shilishidan tashkil topgan. Kafedraga tashkil qilingan vaqtdan 2010 yilga qadar prof. I.K. Kadirov raxbarlik qilib keldi. 2010 yildan Zoologiya kafedrasi Zoologiya va ixtiologiya kafedrasi deb ataldi.  2010 yildan 2015 yil noyabr oyigacha kafedraga b.f.n. G.A. Abduraxmonova raxbarlik qildi. 2015 yil  sentyabr oyidan dotsent M.Sh. Raximov kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib bormoqda. 

Umurtqasizlar zoologiyasi kafedrasi 1920 yilda A.L. Brodskiy tashabbusi  bilan tashkil etilgan. 1920 yildan 1941 yilgacha kafedraga A.L. Brodskiy rahbarlik qilgan. A.L. Brodskiy 1920 yili Sirdaryo va Orol dengizi faunasi, Janubiy Tyan-Shan  tadqiqotlarida ishtirok etgan va bir qancha asarlar yaratgan. “Kornenojki Issik kulya”, “Metodы analiza pochvennыx prosteyshix”, “Mikrofauna xlopkovыx poley Uzbekistana”, “Protozoa pochvы i ix rol v pochvennыx protsessax”, “Kornenojki Sredney Azii” va boshqalar shular jumlasidandir.

1941 – 1986 yillar kafedraga b.f.d., prof. A.T. To‘laganov rahbarlik qilgan.   A.T. To‘laganov O‘zbekistonda Fitogelmintologiya maktabiga asos solgan olim, 100 dan ortiq ilmiy asar, 15 dan ortiq monografiyalar yaratgan. Jumladan «Rastenieyadnыe i pochvennыe nematodы Uzbekistana» Tashkent,1949; «Nematodы rasteniy i pochv Uzbekistana» Tashkent, 1972. «Fitonematodы Uzbekistana» Tashkent, 1975. Tom 1., 1978. Tom 2. Olim O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining xaqiqiy muxbir a’zosi, Beruniy nomli Davlat mukofotiga sazovar bo‘lgan.

1986-1997 yillarda kafedraga b.f.n. prof. Z.N. Norboev rahbarlik qilgan. Olim tomonidan 2 ta darslik 10 dan ortiq o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tayyorlangan.  “Umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg‘ulotlar” (Toshkent, 1991) shular jumlasidandir.                         

Umurtqalilar zoologiyasi kafedrasi 1920 yilda prof. D.N. Kashkarov tomonidan tashkil qilingan. D.N. Kashkarov O‘rta Osiyo hayvonot dunyosini o‘rganib, Umurtqalilar ekologiyasi darslik; «Ptisы Uzbekistana» 1987. Tom 1., 1990 Tom 2. Kitoblarni yaratgan.

1935-1981 yillardan Umurtqalilar zoologiyasi kafedrasiga  zoolog-ekolog olim T.Z. Zoxidov rahbarlik qilgan. Olim O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi, Beruniy nomli Davlat mukofoti sovrindori, Xizmat ko‘rsatgan fan arbobi bo‘lgan. Ko‘plab ilmiy asarlar yaratgan. Jumladan «Priroda i jivotnыy mir Sredney Azii» 1969. Tom 1, 1971. Tom 2., «Biotsenozы pustыni Kыzыlkum» 1971., Ensiklopediya o‘zbek tilida «Sut emizuvchilar» 1960. Tom 1., «Sudralib yuruvchilar» 1969. Tom 2., «Baliqlar» 1979. Tom 3., «Qushlar»1987. Tom 1., «Zoologiya ensiklopediyasi» 1979.

1981-2005 yillarda kafedraga b.f.d. prof. I.K.Kodirov rahbarlik qilgan. I.K.Kadirov tomonidan talabalar uchun o‘zbek tilida “Gistologiya”, “Odam anatomiyasi” darsliklari avval kirill, keyin lotin alifbosida chop etildi. Xususan ”Odam anatomiyasi”. Toshkent.Chinor 2003.

1998-2005 yillarda  kafedraga b.f.n. dos. B.A. Mo‘minov raxbarlik qilgan. Ular bir qancha kitoblar yaratgan  “Biologik xilma-xillik: atama va ta’riflar” (qisqacha lug‘at o‘zbek va rus tillarida) (Toshkent, 2002); Umurtqasizlar zoologiyasidan amaliy mashg‘ulotlar.O‘/q. Toshkent, 2005.

2010 yildan Zoologiya kafedrasi Zoologiya va ixtiologiya kafedrasi deb ataldi.  2010 yildan 2015 yil noyabr oyigacha kafedraga b.f.n. G.A. Abduraxmonova raxbarlik qildi.


Kafedrada o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida ko‘rinishda

Fan nomiFan haqida qisqacha ma’lumot
Magistratura
1ZOOGEOGRAFIYa 5A140108-Zoologiya                                                      5A140103-Ixtiologiya va gidrobiologiyaZoogeografiya fani  yer yuzida hayvonot dunyosining geografik  tarqalishini hamda  bu  tarqalishning  umumiy qonuniyatlarini  o‘rganish orqali  tabiatda va  inson  hayotida  muhim ahamiyatga ega bo‘lgan hayvonot  dunyosining  har bir  hududdagi tur  tarkibini  va  faunaga xos  bo‘lgan  boshqa xususiyatlarnni  o‘rganish  imkonini  beradi.
2AMALIY MOLEKULYaR ZOOLOGIYa 5A140108-Zoologiya                                           5A140103-Ixtiologiya va gidrobiologiya  Amaliy molekulyar zoologiya – zoologiya fanining yangi yo‘nalishi bo‘lib, hayvonot olami evolyusiyasini o‘rganishning katta imkoniyatlarini ochib beradi. U bir butun revolyusiyaga sabab bo‘ldiki, oldin tadqiq etilgan turlar o‘rtasidagi qarindoshlik aloqalarini qayta ko‘rib chiqishni talab etadi. Ta’kidlash joizki, molekulyar genetika organizmlarning evolyusiyasi va irsiyat mexanizmlari to‘g‘risidagi tasavvurlarni chuqurlashtirib, pirovardida molekulyar sistematika va filogenetikaga asos soldi.
3ENTOMOLOGIYa 5A140108 –ZoologiyaEr yuzida turlarini soni, keng tarqalishi, sharoitlarga moslashuvi, tez ko‘payishi jixatidan tirik organizmlar orasida xasharotlarga teng keladigan organizmlar yo‘qdir. Shuning uchun xasharotlarning tabiatda va inson xayotida axamiyati kattadir. Xasharotlar gulli o‘simliklarni changlatishda, o‘simlik va xayvon organizmlari koldiqlarini parchalashda, madaniy  o‘simliklarga zarar yetkazishda, yuqumli kasalliklar tarqatishda, material, kiyim, buyum, binolarga zarar keltirishda axamiyati juda kattadir. Entomologiya fani xasharotlarni xar tomonlama o‘rganishda dastlabki bilimlarni beradi
4UMUMIY PARAZITOLOGIYa 5A140108 –Zoologiya  Parazitar kasalliklarga qarshi kurashda parazitlar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lish, parazit organizmlar va ularni kelib chiqishi,  parazit-xo‘jayin munosabatlarini, parazitlarni yashashga moslashuvi, parazitlarni hayot sikllari  haqida tushunchaga ega bo‘lish muhim o‘rin tutadi.
5BALIQ KASALLIKLARI 5A140101 – Biologiya (Zoologiya, Ixtiologiya va gidrobiologiya)    Fanning asosiy vazifasi talabalarga baliqlarning yuqumli kasalliklari va  qo‘zg‘atuvchilari, kasallik belgilari, klinikasi, diagnostikasi, epizootologiyasi; baliq kasalliklariga qarshi kurashnining yo‘nalishlari – profilaktik va davolash chora tadbirlarini; baliqlarning alimentar kasalliklari va ularning sabablarini; baliq kasalliklariga qarshi kurashning ilmiy asosini; baliq kasalliklarining qishloq xo‘jalik va baliqchilikdagi ahamiyatini zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida o‘rgatishdan iborat.
6IXTIOLOGIK TADQIQOT USLUBLARI 5A140101 – Biologiya (Zoologiya, Ixtiologiya va gidrobiologiya)“Ixtiologik tadqiqot uslublari” fanini o‘qitishdan asosiy maqsad baliqlarning bioxilma-xilligini o‘rganish, baliq o‘stirish va ko‘paytirish, hamda ko‘llar va suv omborlarining o‘ziga xos biologik qonunlarini ixtiologik jihatdan o‘rgatishdan iborat. Ushbu fanni asosiy vazifalari suv omborlari va ko‘llarga fizik va geografik xarakteristikasini (maydoni, hajmi, gidrokimyoviy va gidrolik sharoitlari, geografik joylashishlarini) o‘rganishdan iborat
7BIOXILMA-XILLIK 5A140101 – Biologiya (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)Biologik xilma-xillik yoki bioxilmaxillik tushunchasi. U yerdagi barcha hayotning xilma – xilligi – hayvonlar, o‘simliklar, mikroorganizmlar, ularning genlari va ekotizmlari. Biologik xilma-xillik termini. Biologik xilma-xillik 3 bosqichi turlar xilma – xilligi, ya’ni barcha hayvonlar o‘simliklar xilma – xilligi, shu jumladan, qo‘ziqorinlar va mikroorgonizmlar; genetik xilma-xillik – turlar doirasida genetik materialning xilma – xilligi; ekotizimli xilma-xillik – ekotizimlar xilma – xilligi (masalan, o‘rmonlar, tog‘lar, dasht yoki savanna, cho‘llar va boshqalar).
8UMUMIY GIDROBIOLOGIYa 5A140101 – Biologiya (Zoologiya, Ixtiologiya va gidrobiologiya)  Ushbu fanni asosiy vazifalari O‘zbekiston suv havzalarining ekologiyasini baholash uchun undagi gidrobiontlarning ya’ni fito- va zooplankton,  bentos organizmlarning biologiyasini, fasllarda rivojlanishini hisobga olgan xolda tadqiq qilishni va gidrobiologik asbob-anjomlar, texnik vositalardan keng foydalanish talab qilinadi. Suvdagi organizmlar inson xayotida ulkan va turli tuman rol o‘ynashi, Dunyo okeani, dengizlar, daryolar va ichki suvlardagi biologik resurslar insonning oziqlanishida katta o‘rin tutishini o‘rgatishdan iborat
9ORNITOLOGIYa 5A140101 – Biologiya (Zoologiya, Ixtiologiya va gidrobiologiya)  Ushbu fanni asosiy vazifalari talabalarga qushlarning tuzilishi, fiziologiyasi, bioenergetika, migratsiyasini zamonaviy talqini, kenglikdagi orientatsiya, xududiy konservatizm, hatti-xarakatlar kabi muammolarni hal etadi. Qushlarni ekosistemadagi o‘rni, ornitologiyaning qiyosiy muammolariga, ornitofaunani inson tomonidan o‘zgarishi, qushlar adaptatsiyasi (moslanuvchangligi) kabi muhim muammolarga alohida ahamiyat beradi. Kursni o‘qitish davomida O‘rta Osiyo ornitologiyasini milliy yutuqlaridan keng ko‘lamda foydalaniladi va qishloq xo‘jalik va xalq xo‘jaligidagi ahamiyatini zamonaviy pedagogik texnologiyalar xaqida magistr talabalarga yangi ma’lumotlar beriladi
10POPULYATSIYaLAR EKOLOGIYaSI 5A140101 – Biologiya (Zoologiya, Ixtiologiya va gidrobiologiya)“Populyatsiyalar ekologiyasi” fanining maqsadi talabalarga biologik va ekologik  tushunchalar shakllanishi, organizmlarning yashash sharoitga moslashish mexanizmlari, populyatsiyalarda turlarning o‘zoro bog‘lanish qonuniyatlarini o‘rganadi
Bakalavriyat
11PROTOZOOLOGIYa 5A140101 – Biologiya (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)Bir hujayrali hayvonlarning morfologiyasi, biologiyasi, ekologiyasi, etologiyasi, filogenezi va sistematikasi; bir hujayrali hayvonlarning xilma-xilligi; ularning ko‘payish usullari; o‘sishi va rivojlanishini turli tumanligi; ularni morfologik, anatomik, fiziologik va ekologik muammolar bilan tanishtiriladi.
12XAShAROTLAR EKOLOGIYaSI 5A140101 – Biologiya (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)Hasharotlar yashash tarzi, asosan ularning tana kichikligi va uchishga moslanishi bilan bog‘liqligi, abiotik omillarning hasharotlarga ta’siri, biologik ritmlarning ta’siri, populyatsiyalarning ekologiyasi (miqdor dinamikasi, hasharotlar miqdoriy tebranishini matematik modellash), ekotizimlarda hasharotlarning tutgan o‘rni, hasharotlarning ekologik evolyusiyasi, o‘simlik va boshqa mahsulotlarni himoya qilishning ekologik mezonlarini qamrab olgan. Bu kursni o‘qitishda, birinchi navbatda, tabiiy sharoitlarda hayvonot dunyosi rivojlanishida hasharotlarning o‘rni, ularning yashash tarzi va muxiti, hamda boshqa omillarga bog‘liq ravishda shakllanishi qay tarzda amalga oshishiga, ayniqsa inson faoliyati uchun foydali va zararli hasharotlarning sonini boshqaruv mezonlariga, jumladan matematik modellashga, e’tibor berilgan
13GISTOLOGIYa VA EMBRIOLOGIYa 5A140101 – Biologiya (fan yo‘nalishlari bo‘yicha)    To‘qimalarni o‘rganish, tarixi, asosiy bo‘limlari; boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liqligi; organizmning asosiy tarkibiy qismi-hujayra, to‘qimalarning mikroskopik va ultramikroskopik tuzilishini, organizmlarning individual rivojlanishidagi asosiy bosqichlari xisoblangan: gametogenez; urchish va urug‘lanish; maydalanish va blastulalarning shakllanishi; gastrulyatsiya, neyrulyatsiya va organogenezni boshlanishi;  hamda dastlabki (provizor) a’zolarni yuzaga kelishi; determinatsiyalanish va induktiv jarayonlari, ularni embrional boshqarilishi; xujayralarni tabaqalanish mexanizmlari; xujayralarni o‘zaro ta’siri; regeneratsiya va somatik embriogenez ontogenez davrlarini o‘rganishda zamonaviy va ekologik uslublarni qo‘llash kabi har taraflama chuqur bilimli mutaxassis tayyorlash jarayonidagi muhim vazifalardan biridir
14ZOOLOGIYa 5140100 – Biologiya (turlari bo‘yicha)  Hayvonlarning morfologiyasi, biologiyasi, ekologiyasi, etologiyasi, filogenezi, sistematikasi va zoogeografiyasi; hayvonot olamining xilma-xilligi; hayvonlarning ko‘payish usullari; o‘sishi va rivojlanishini turli tumanligi; ularni morfologik, anatomik, fiziologik va ekologik muammolari bo‘yicha ta’lim berishdir. Buning uchun quyidagi vazifalar bajariladi: talabalarni zoologiyaning asosiy vazifalari va qonunlari; hayvonlarning morfologiyasi, biologiyasi, ekologiyasi, etologiyasi, filogenezi, sistematikasi va zoogeografiyasi; hayvonot olamining xilma-xilligi; hayvonlarning ko‘payish usullari; o‘sishi va rivojlanishini turli tumanligi; ularni morfologik, anatomik, fiziologik va ekologik muammolar kabilar bilan zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tanishtiriladi
15ODAM ANATOMIYaSI 5140100 – Biologiya (turlari bo‘yicha)     Odam anatomiyadan bilimlarning nazariy asoslarini, asosiy tushunchalari, odam tanasining tuzilishi, rivojlanishi, tizim filogenezi, a’zolari va tizimlarining funksiyalarini bir-biriga bog‘lab o‘rganishdan iborat

Tadqiqotchilar va ilmiy ishlar to‘g‘risida: Kafedra “O‘zbekiston hayvonot olami bioxilma-xilligi va uni asrash muammolari” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib boradi.

  Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.ShIlmiy darajasi, unvoni  Dissertatsiya ishi mavzusi
1Raximov Matnazar Shomurotovichb.f.d., dotsentShimoli-sharqiy O‘zbekiston kollembolalar turkumi faunasi, tarqalishi va ekologiyasi
2Eshova Xolisa Saidovnab.f.d., dotsentO‘zbekiston cho‘l hududlaridagi nematodlar va ularning yashash muhiti sharoitlariga moslashish yo‘llari
3Xolboev Faxriddin Raxmonqulovichb.f.d., dotsentFauna, naselenie i ekologiya ptis gorodov Kыzыlkumskogo rayona
4Mo‘minov Boqijon Alimovichb.f.n., dotsentIssledovanie morfo-fiziologii xemoretseptorov i polovogo povedeniya xlopkovoy sovki Heliothis armigera Hbn
5Abduraxmonova Gulnora Abduraxmonovnab.f.n., dotsentFitonematodы xlopkovo-lyusernovыx agrotsenozov i znachenie agrotexnicheskix faktorov v formirovanii ix soobщestv
6Sadыkova Sayora Atabaevnab.f.n., dotsentIssledovanie deystviya ksenobiotikov (dropp, butilkapstaks) na nekotorыe organы endokrinnoy i immunoy sistemы krыs
7Qo‘chqorov Abdivohid Hakimovichb.f.n., katta o‘qituvchiDominirovanie vida klopov-mirid Tashkentskogo oazisa i ix rol v biotsenoticheskix protsessax
8Boltabaev Adamboy Sadullaevichb.f.n.Klopы – miridiы (Hemiptera, Hetepoptera) yuga Prioraliya
9Elmuratova Zulxumor Urazovnao‘qituchi  Janubiy O‘zbekiston tuproqlari kollembolalarining faunasi va ekologiyasi

Mahalliy va xorijiy hamkorlar bo‘yicha ma’lumot: 1. Kafedra O‘zRFA Zoologiya  instituti;

2. O‘zR Qishloq va suv xo‘jalik vazirligi ilmiy-tadqiqot markazi chorvachilik, parrandachilik, baliqchilik ITI stansiyalari, xo‘jaliklari va markazlari;

3. O‘zbekiston qushlarni ximoya qilish jamiyatlari;

4. O‘zRFA qoshidagi Baliqchilik instituti va boshqa tashkilotlar bilan aloqalari va shartnomalar tuzgan


Kafedra tarkibi

Familiya ismi sharifiElektron pochta
1Kafedra mudiri, dos. Raximov Matnazar Shomurotovichm.raximov@nuu.uz
2dos. Muminov  Boqijon Alimovichb.muminov@nuu.uz
3dos. Abduraxmonova Gulnora Abduraxmonovnag.abdurahmonova@nuu.uz
4dos. Sadikova Sayyora Atabaevnas.sadiqova@nuu.uz
5dos. Eshova Xolisa Saidovnax.eshova@nuu.uz
6dos. Xolboev Faxriddin Rxmonqulovichfakhriddinh @ mail.ru
7katta o‘qituvchi Qo‘chqorov Abdivohid Hakimovicha.quchqorov@nuu.uz
8katta o‘qituvchi Raxmanova Laylo Abduraxmanovnal.rahmonova@nuu.uz
9katta o‘qituvchi Ataxodjaev Alisher Abdulatifovicha.atahodjaev@nuu.uz
10o‘qituvchi Boltabaev Adamboy Sadullaevicha.boltaboev@nuu.uz
11o‘qituvchi Ibragimov Qahramon Saparbaevichq.ibragimov@nuu.uz
12o‘qituvchi Elmuratova Zulxumor UrazovnaPchd91@ mail.ru
13o‘qituvchi Majidova Dilfuza ZubaydullaevnaMajidova.dilfuza@mail.ru

Kafedra tarkibida Zoologiya muzeyi, Ornitologik kolleksiya “Fazianus” talabalar klubi mavjud.


Muzey ekspozitsiyasi va ilmiy fondi

Ekspozitsiya qismi umurtqali va umurtqasiz hayvonlardan tashkil topgan bo‘lib, umurtqali hayvonlar fondida 3 kenja tip va 9 sinfga mansub xordali hayvonlarning ho‘l preparatlari, skeletlari, mulyaj va tulup (chuchela) lar saqlanadi.

Qushlarning 19 turkum 98 turga mansub 180 ta tulup (chuchela) lari saqlanadi;

Sutemizuvchilarning 10 turkumga mansub 30 ta tulum (chuchela)lari saqlanadi. Juft tuyoqli hayvonlarning 15 juft shoxlari saqlanadi.

Baliqlar, suvda ham quruqlikda yashovchilar va sudralib yuruvchilar sinfi vakillarining ho‘l preparatlari 230 shisha silindrlarda saqlanadi.

Umurtqasiz hayvonlar fondida Yer yuzida uchraydigan ko‘pgina umurtqasiz hayvonlari vakillarining eksponatlari saqlanadi. Umurtqasiz hayvonlarning aksariyat qismi ho‘l preparat sifatida shisha silindrlarda saqlanadi. Hasharotlar kolleksiyasi maxsus shkaflarda saqlanadi (ilovada ko‘rsatilgan).

Ornitologik kolleksiya muzeyning saqlash bo‘limida maxsus shkaflarda yopiq holda saqlanadi (ilovada).


Muzey hamkorligi

Zoologiya muzeyi boshqa zoologik muzeylar, jumaladan tabiat muzeyi bilan yaqindan hamkor, ya’ni o‘zaro eksponatlar almashlab turadi. Undan tashqari zoologiya kafedrasi bilan akademik litseylar o‘rtasidagi tuzilgan hamkorlik doirasida muzeyga litsey talabalari o‘qituvchilari rahbarligida kelib turadilar.

Muzeyda o‘tkaziladigan tadbirlar va tashrif etuvchilar

Muzeyda muntazam ravishda O‘zMU prof-o‘qituvchilar qayta tayyorlash va malakasini oshirish mintaqiy markazi tinglovchilari, fakultet mehmonlari, akademik litsey va kasb-hunar kollejlari talabalari uchun ekskursiyalar o‘tkaziladi. Muzeyga chet el mehmonlari muntazam tashrif buyuradi. Barcha tashrif buyuruvchilar muzey jurnaliga muzey haqida o‘z fikrlarini yozib qoldiradilar.

Muzey manzili

Zoologiya muzeyi O‘zMUning biologiya fakulteti 3-qavat 301-xonsida, ilmiy kolleksiya esa 4-qavat, 426-xonasida joylashgan.