Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasi

U.E.Adambayev – Kafedra mudiri
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Bosh o‘quv binosi, A-409 xona
Tel.: (+998)-71-246-16-27
e-mail: u.adambaev@nuu.uz


Kafedra tarixi va faoliyati

Kafedra 1971 yilda Toshkent Davlat Universitetida “Amaliy matematika va mexanika” fakultetini tashkil topishi munosabati bilan, shu fakultet qoshida akademik N.Y.Satimov rahbarligida «EHMning matematik ta’minoti» (EHMMT) nomi bilan faoliyat boshlagan.

Fakultet va shu jumladan, EHMMT kafedrasi, o‘sha davrda Respublikamiz xalq xo‘jaligining turli sohalarida uchraydigan amaliy masalalarini modellashtirish va boshqaruv masalalarini kompyuter vositasida avtomatlashtirishni amalga oshiruvchi yuqori saviyali mutaxassislarni tayyorlashni o‘z oldiga asosiy maqsad qilib qo‘ygan.

1992 yildan boshlab kafedra «Hisoblash va avtomatlashtirilgan sistemalarning matematik ta’minoti», 2002 yildan «Programmalash texnologiyalari», 2005 yildan boshlab «Programmalash va tarmoq texnologiyalari» nomi bilan faoliyat olib borgan, 2016 yildan boshlab «Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari» nomini olgan.

O‘tgan yillar mobaynida kafedraga rahbarlik qildilar:

1971-1972 yy. ,f.-m.f.d., prof. N.Y.Satimov,

1972-1997 yy., f.-m.f.d., prof. B.Kurmanbaev,

1998-2010 yy., f.-m.f.d., prof. A.A.Xaldjigitov,

2010-2016 yy, f.-m.f.n., dots. Sh.F.Madraximov,

2016-2017 yy, t.f.n., dotsent A.X.Ishmuxamedov,

2017-2022 yy, t.f.d., dotsent Sh.F.Madraximov,

2023 yildan ayni paytgacha f.-m.f.n. dots. U.E.Adambayev rahbarlik qilib kelmoqda.

Shu davrgacha kafedrada yuqori ilmiy daraja va unvonga ega mutaxassislar tayyorlangan, xususan fan doktorlari B.Qurmanbaev, I.Mirzaev, U.Y.Yuldashev, A.A.Xaldjigitov, N.A.Ignatev, A.M.Polatov, Sh.F.Madraximovlar va fan nomzodlari  M.X.Xakimov, T.T.Imamov, S.M.Gaynazarov, A.M. Ikramov, U.E. Adambaevlar, PhD D.Y. Saidov, Q.Xudoyberganov, Y.S.Yusupov, B. Haytqulovlar yеtishib chiqqan.

Shu kungacha kafedra tomonidan minglab dasturiy ta’minot yaratuvchi mutaxassislar tayyorlangan. Ular davlat tashkilotlarida, banklar va firmalarda IT mutaxassisi sifatida samarali faoliyat olib bormoqdalar. Kafedra bitiruvchilarining aksariyati pedagogik faoliyat va ilmiy tadqiqot ishlari bilan mashg‘ul va ular orasida ko‘plab fan nomzodli va doktorlik dissertatsiyalarini himoya qilganlar bor. Ular qatorida f-m.f.d., professorlar Sh.U.Nazirov, K.S.Fayazov, M.Tuxtasinov, I.Mirzaevlarni sanab o‘tishimiz mumkin.

Kafedra iqtidorli bitiruvchilarining aksariyati pedagogik faoliyat va ilmiy tadqiqot ishlari bilan mashg’ul va ular orasida ko‘plab fan nomzodlari va doktorlari etishib chiqqan. Ular qatorida quyidagilarni sanab o‘tishimiz mumkin: f-m.f.d K.S.Fayazov, f-m.f.d. M.Tuxtasinov, f-m.f.d. Sh.U.Nazirov va boshqalar. Mazkur kafedrada ilmiy-pedagogik faoliyat olib borgan professorlar: I.Mirzaev, U.Yuldashev, B.F.Abduraximov, N.A.Ignatev, Sh.F.Madraximov, dotsentlar: V.B.Buzrukxonov, M.Ikromov, A.Sattorov, T.Imomov, T.Azlarov, N.R.Kadirova, A.A.Abduqodirovlarni faxr bilan qayd etish mumkin.


Kafedraning o’quv faoliyati

Hozirgi kunda Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasida f.-m.f.d., prof. N.A.Ignat’ev, f.-m.f.d., prof. A.M.Polatov, kafedra mudiri t.f.d. Sh.F.Madraximov, f.-m.f.n., dos. Gaynazarov, t.f.n. M.X.Hakimov, f.-m.f.n., S.I.Pulatov, f.-m.f.n., dos. A.M.Ikramov, f.-m.f.n. U.E.Adambaev, PhD D.Saidov, PhD Q.Xudaybergenov, dos.v.b. T.A.Maxarov, katta o‘qituvchilar Yu.Yusupov, N.Latipov, o‘qituvchilar Sh.Sapaev, Sh.Ramazanov, Sh.Raximbaeva, Yu.Raximova, R.Baxramov, doktorantlar A. Mirzaev, U.Tuliev, E.Navruzov, M.Raximova, Q.Maxarov, D.Nigmanova, M.Lolaev, kabinet mudiri M.Hakimova va boshqalar faol mehnat qilmoqdalar.

Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan

5130100 – “Matematika”;

5140300 – “Mexanika va matematik modellashtirish”;

5330100 – “Axborot tizimlarining matematik va dasturiy ta’minoti”;

5330200 – “Informatika va axborot texnologiyalari”;

5330300 – “Axborot xavfsizligi”;

60610100 – “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari”;

60610200 – “Axborot tizimlari va  texnologiyalari”;

60610300 – “Axborot xavfsizligi”

bakalavriat (kunduzgi, kechki va sirtqi) ta’limi yo’nalishlarida quyidagi fanlardan nazariy va amaliy mashg’ulotlar olib boriladi:

  • Dasturlash asoslari;
  • Algoritmik tillar va dasturlash;
  • Algoritmlar va berilganlar strukturasi;
  • Berilganlar bazasi;
  • Sun’iy intellekt va intellektual texnologiyalar;
  • Tizimli dasturlash;
  • Dasturlash texnologiyalari;
  • Python dasturlash tili;
  • Kompyuter o’yinlarini yaratish;
  • Intellektual tizimlar;
  • Modil ilovalarni yaratish;
  • Web texnologiyalar;
  • Tarmoq texnologiyalari;
  • Mul’timedia texnologiyalari;
  • Informatika o’qitish metodikasi.

Bulardan tashqari, 5330200 – “Informatika va axborot texnologiyalari”, 60610100 – “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari” bakalavriat ta’limi yo’nalishlarida malakaviy, pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotlari hamda bitiruv malakavish ishlariga rahbarlik qiladi.

Magistratura ta’limi bo’yicha kafedra professor-o’qituvchilari

70610101 – “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo’nalishlar bo’yicha)”;

70610201 – “Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti (tarmoqlar va sohalar bo’yicha)”;

70610701 – “Sun’iy intellekt” magistratura mutaxassisliklari magistrantlari uchun

  • SQL texnologiyalar;
  • Formal tillar va grammatika;
  • Mashinali o’rgatish nazariyasi;
  • Intellektual tahlil usullari;
  • Taqsimlangan tizimlar;
  • Kompyuter tarmoqlarini ma’muriy boshqarish;
  • Web ilovalarni yaratish texnologiyalari;
  • Parallel hisoblashlar asoslari

fanlaridan mashg’ulotlar olib boradilar.


Kafedraning o‘quv faoliyati

Hozirgi kunda Algoritmlar va dasturlash texnologiyalari kafedrasida f.-m.f.d., prof. A.M.Polatov, kafedra f.-m.f.n., dots. U.E.Adambaev, f.-m.f.n., dots. Gaynazarov, t.f.n., prof. M.X.Hakimov, t.f.d., dots. Ismoilov, f.-m.f.n., S.I.Pulatov, f.-m.f.n., dots. A.M.Ikramov, dots. T.A.Maxarov, PhD Yu.Yusupov, katta o‘qituvchilar N.Latipov, N.Karimov, D.Nigmanova, R.Muxammadiyev, R.Baxramov, E.Navruzov o‘qituvchilar A.Toshpo‘latov, Sh.Raximbaeva, Z.Abdujabborov, M.Murodillayev, doktorantlar Sh.Sapaev, S.Jumaniyozov, V.Bekova, kabinet mudiri M.Hakimova va boshqalar faol mehnat qilmoqdalar.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan

60540100 – “Matematika”;

60531000 – “Mexanika va matematik modellashtirish”;

60540400 – “Matematik va kompyuterli modellashtirish”;

5330200 – “Informatika va axborot texnologiyalari”;

60610100 – “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari”;

60610200 – “Axborot tizimlari va texnologiyalari”;

60610300 – “Axborot xavfsizligi”

bakalavriat (kunduzgi, kechki, sirtqi, masofaviy) ta’lim yo‘nalishlarida quyidagi fanlardan nazariy va amaliy mashg’ulotlar olib boriladi:

  • Dasturlash asoslari;
  • Algoritmik tillar va dasturlash;
  • Algoritmlar va berilganlar strukturasi;
  • Berilganlar bazasi;
  • Tizimli dasturlash;
  • Dasturlash texnologiyalari;
  • Mobil ilovalarni yaratish;
  • Web texnologiyalar;
  • Tarmoq texnologiyalari;
  • Multimedia texnologiyalari;
  • Bulutli texnologiyalar;
  • Informatika o‘qitish metodikasi.

Bulardan tashqari, 5330200 – “Informatika va axborot texnologiyalari”, 60610100 – “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari” bakalavriat ta’limi yo‘nalishlarida malakaviy, pedagogik va ishlab chiqarish amaliyotlari hamda bitiruv malakavish ishlariga rahbarlik qiladi.

Magistratura ta’limi bo‘yicha kafedra professor-o‘qituvchilari

70610204 – Axborot tizimlari (tarmoqlar bo‘yicha);

70610101 – “Kompyuter ilmlari va dasturlash texnologiyalari (yo‘nalishlar bo‘yicha)”;

70610201 – “Kompyuter tizimlari va ularning dasturiy ta’minoti (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)”;

  • Axborot tizimlarini loyihalash;
  • Bulytli hisoblashlar;
  • Kompyuter tarmoqlari;
  • SQL texnologiyalar;
  • Formal tillar va grammatikalar;
  • Taqsimlangan tizimlar;
  • Kompyuter tarmoqlarini ma’muriy boshqarish;
  • Web ilovalarni yaratish texnologiyalari;
  • Parallel hisoblashlar asoslari

fanlaridan mashg’ulotlar olib boradilar.

Kafedraning ilmiy faoliyati

Professor A.M.Polatov rahbarligida 05.01.07- “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” sohasida ilmiy faoliyat olib boradi. Kafedrada “Tadbiqiy masalalarni yechishning matematik va sonli usullari” mavzusidagi seminar muntazam amal qilmoqda. Unda kafedra doktorantlari o‘z ilmiy natijalarini bo‘yicha ma’ruzalar qilishadi, dissertatsiyalar muhokama qilinadi.

Doktorlik dissertasiyalari himoyalari: Kurmanbaev B. (1992 y.), Ignat’ev N.A. (2005 y.), Polatov A.M. (2016 y.), Madraximov Sh.F. (2020 y.),

Nomzodlik dissertasiyalari himoyalari: Gaynazarov S.M. (1994 y.), Abduqodirov A.A. (1994 y.) Madraximov Sh.F. (1994 y.), Rasulov S. (1994 y.), Matlatipov G‘. (2001 y.), Ikramov A.M. (2005 y.), Adambaev U.E. (2008 y.), Yuldashev R. (2009 y.), Eshmurodov Sh. (2010 y.) . 

PhD dissertasiyalari himoyalari: Saidov D.Yu. (2018y.), Qalandarov A.A. (2018y.), Xudaybergenov Q.Q.  (2020 y.), Yusupov U.S.(2021y.), Hayitqulov B. (2021y.).        

Kafedra a’zolari Respublika va xorijiy nufuzli ilmiy jurnallarda ilmiy ishlarini chop etishadi, ilmiy anjumanlarda qannashishadi. Oxirgi yillarda chop etilgan ilmiy maqolalrdan namunalar:

  • A.A.Khaldjigitov, A.Kalandarov, M.Babajanov, U.E.Adambaev, D.A.Sagdullaeva. Three-Dimensional Coupled Dynamic Thermoplastic Boundary Value Issue for a Transversely Isotropic Parallelepiped Numerical Solution. AIP Conference Proceedings 2686, 020008 (2022); https://doi.org/10.1063/5.0114004
  • A.A.Khaldjigitov, Yu.S.Yusupov, U.E.Adambaev, D.A.Sagdullaeva. Numerical Solution of Two-Dimensional Coupled Thermoplastic Problems. AIP Conference Proceedings 2637, 040007 (2022); https://doi.org/10.1063/5.0118532  «Scopus»;
  • Хайиткулов Б.Х. Complete Solution of a Class of Differential Pursuit Games with Integral Constraint and Impulse Control// Russian Mathematics. Россия. 2022. 22-29. https://link.springer.com/article/10.3103/S1066369X22030069
  • Полатов А.М. Investigation of the Amplitude-Frequency Response of a Dam-Type Viscoelastic Body with Steady-State Forced Harmonic Vibrations// The Bulletin of Irkutsk State University. Series Mathematics. Россия. 2022, vol. 39, pp. 51–61. https://doi.org/10.26516/1997-7670.2022.39.517670.2022.39.51
  • Полатов А.М. Study of the dam-type body under seismic impact // AIP Conference Proceedings. США. 2022, 8 р. https://doi.org/10.1063/5.0118686
  • Пулатов С.И. Investigation of the Amplitude-Frequency Response of a Dam-Type Viscoelastic Body with Steady-State Forced Harmonic Vibrations // The Bulletin of Irkutsk State University. Series Mathematics. Россия. 2022, vol. 39, pp. 51–61. https://doi.org/10.26516/1997-7670.2022.39.51
  • Пулатов С.И. Computer simulation of two-dimensional nonstationary problems of heat conduction for composite materials using the FEM // AIP Conference Proceedings. США. 2022. 11 p. https://doi.org/10.1063/5.0118684
  • Латипов Н.К. Influence of kinematic flow parameters on vacuum in jetters // AIP Conference Proceedings. США. 2022, 68 стр. https://aip.scitation.org/doi/abs/10.1063/5.0089505
  • Юсупов Ю.С. Математическое и численное решение двумерной связанной задачи термоупругости на основе деформацион теории // PERIODICAL, Periodica Journal of Modern Philosophy, Social Sciences and Humanities ISSN NO:2720-4030, SJIF Impact Factor 2022: 5.911 Польша. 2022год. 11 стр. https://www.periodica.org/index.php/journal/article/view/244
  • Юсупов Ю.С. Numerical Solution of a TwoDimensional Dynamic Related Problem of Thermal Support // Eurasian Journal of Engineering and Technology, ISSN (E): 2795-7640, Journal Impact Factor: 7.995. Бельгия. 2022г. 10 стр.  https://geniusjournals.org/index.php/ejet/article/view/1272

Кафедра ходимларининг илмий натижалари қуйидаги монографияларда ўз аксинини топган:

  1. Игнатьев Н.А. Обобщенные оценки и локалные метрики объектов в интеллектуалном анализе данных. Монография. – Ташкент: Издательство «Университет», 2014.
  2. Мадрахимов Ш.Ф., Хуррамов А.Х. Умумлашган коърсаткичлар ва улардан билимларни шакллантиришда фойдаланиш. Монография, Қарши: Қарши давлат университети, 2014.
  3. Игнатев Н. А. Интеллектуалный анализ данных и гипотеза о компактности классов. Меры компактности, критерии оценок. Палмариум Аcадемиc Публишинг, Саарбрюккен, 2016.
  4. Ишмухамедов А.Х Моделирование оценки надежности управления системой связи. LAP LAMBERT Academic Publishing RU, 2019.
  5. Полатов А.М, Компютерное моделирование волокнистых материалов МКЭ. Монография. LAP LAMBERT Academic Publishing RU, 2018.
  6. Икрамов А.М. Конечноэлементное моделирование трехмерных упругопластических задач. LAP LAMBERT Academic Publishing RU, 2018.
  7. Ишмухамедов А.Х Моделирование оценки надежности управления системой связи. LAP LAMBERT Akademik Peblishshing RU-2019.
  8. Хакимов М.Х. Технология многоязы­ко­вого моделируемого компю­­терного переводчика. ЛАМБЕРТ. Академие Публишинг, 2019.
  9. Халджигитов А.А., Қаландаров А.А., Юсупов Ю.С. «Связанные задачи термоупругости и термопластичности», “Фан ва технологийа”, 2020.
  10. Мадрахимов Ш.Ф. Системы обнаружения скрытых  закономерностей на базе методов вычисления обобщенных оценок. Монография // Ташкент, «МУМТОЗ СЎЗ» 2021.
  11. Марахимов А.Р., Худайбергенов К.К. Структурно-параметрический синтез нейросетевых моделей для задач интеллектуалного анализа данных и распознавания образов. // Монография. – Ташкент: «МУМТОЗ СЎЗ» 2021.
  12. Ҳайитқулов Б.Х. Алгоритмы и численное моделирование процесса управления распространения тепла и разрешения конфликта. 22.04.2022  Ўзбекистон миллий университети қошидаги  илмий – техник кенгашнинг №4-сонли баённомаси. FAN ZIYOSI.

Kafedraning o‘quv-uslubiy faoliyati

Kafedra professor-o‘qituvchilari o‘quv faoliyatidani tashqari, o‘quv-uslubiy ishlar bilan ham shug’ullanadilar. Jumladan, darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar yaratishda samarali faoliyat olib borishmoqdalar.

So‘nggi 10 yillarda kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan bir qator darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar tayyorlangan:

  1. Ш.А.Назиров, Г.С.Иванова, С.М.Гайназаров. Дастурлаш технологияси. Тошкент-2014 й.
  2. Т.А.Махаров. Компьютер сервис хизмати. Тошкент. “Баркамол авлод” 2013
  3. Ш.Ф.Мадрахимов, А.М.Икрамов ва М.Р.Бабажанов. «C++ тилида программалаш бўйича масалалар тўплами» ўқув кўлланма 2014
  4. Игнатев Н.А. Обобщенные оценки и локалные метрики обектов в интеллектуалном анализе данных. 2014й.
  5. М.Х.Хакимов, Д.Б.Нигманова. “ТОАД ДАТА МОДЕЛЕР” муҳитида берилганларни моделлаш. (услубий қўлланма). Тошкент. 2015 й.
  6. Д.Нигманова, Б.Хусанов, Д.Қодирова. Эстетика фанидан ўқув қўлланма. Тошкент. 2015й.
  7. Т.А.Махаров, Қ.Т. Махаров, К.Нортиллайев. Паскал тилида дастурлаш асослари. КҲК ва АЛ учун услубий қўлланма. Тошкент. 2015
  8. Махаров Т.А., Махаров Қ.Т., Раҳимова М.А. Wеб-дастурлаш бўйича услубий қўлланма. ЎзМУ, 2017й. -160б.
  9. Игнатев Н.А., Усманов Р.Н., Мадрахимов Ш.Ф., “Берилганларнинг интеллектуал таҳлили” (ўқув қўлланма). Тошкент “Мумтоз сўз” 2018й.
  10. А.М.Полатов “Компьютер воситасида моделлаштириш асослари” (Ўқув қўлланма) Тошкент “Университет”. 2019.
  11. Т.А.Махаров, Қ.Т. Махаров, М.А.Рахимова. Wеб-дастурлаш. И-қисм. HTML, SS, JavaScipt. Ўқув қўлланма. Тошкент. “МУМТОЗ СЎЗ”, 2019
  12. Т.А.Махаров “Дастурлаш асослари (Visual studio). Ўқув қўлланма. Тошкент “Ижод-Пресс” 2019й.
  13. Д.Ю.Саидов Python tilida dasturlash: Uslubiy qo‘llanma. Tashkent. 2020 y.
  14. Ҳакимов М.Х., Гайназаров С.М. “Берилганлар базасини бошқариш тизимлари” дарслик Тошкент-2021 й. 3-нашр.
  15. Adambayev U.E., Yusupov Yu.S., Algoritmik tillar va dasturlash. C# tilida dasturlash asoslari. Barcha yo‘nalishlar uchun darslik. 302-0374, 2022-09-09.

A.M.Polatov. Parallel hisoblash asoslari. O‘quv qo‘llanma. Tashkent. 2022 y


Kafedra yutuqlari

Talabalar hayoti va ularning yutuqlari (o‘quv va ilmiy sohalardagi yutuqlari, nomdor stipendiyalar sohiblari)

Kafedra talabasi Rustam Qosimjonov shahmat bo‘yicha Osiyo chempioni (1998 y.), Jahon chempionati kumush medal sohibi(1999 y.), FIDE yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni (2004 y.). (rahbar dos. Madrahimov). Xalqaro shaxmat ustasi Nodira Nodirjonova shaxmat bo‘yicha O‘zbekiston chempioni (2017 y). Kafedra talabalari Maxarov Q.T. (2009 y. Rahbar: Madrahimov Sh.), Raximova M.A. (2011 y. Rahbar: Maxarov T.) Beruniy nomidagi Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lgan. Ibrohimova Zulayxo Ergash qizi (2009 y. Rahbar: Hakimov M.) Mirzo Ulug‘bek nomidagi Davlat stipendiati bo‘lgan.

Xalqaro va respublika nufuzli tanlovlarida sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritgan va mukofot (diplom)larga sazovor bo‘lgan professor-o‘qituvchilar

Dotsent M.X. Hakimov 2001 yilda “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGIGA 10 YIL” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Kafedrasi o‘qituvchisi A.A.Djamirzaev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 17 maydagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGIGA 20 YIL” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Kafedrasi o‘qituvchisi A.A.Djamirzaev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 1 iyuldagi Farmoniga binoan ta’sis etilgan “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUSTAQILLIGIGA 25 YIL” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.

Dosent M.X. Hakimov 2007 yilda “Inglizcha-ruscha-o‘zbekcha komp’yuter ilmi bo‘yicha izohli lug‘at” nomli o‘quv qo‘llanmasi «Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv qo‘llanmasi muallifi» Respublika tanlovining g‘olibi sifatida II darajali diplom va pul mukofoti bilan taqdirlangan.

2014 yilda dosentlar Hakimov M.X., Gaynazarov S.M. “Berilganlar bazasini boshqarish tizimlari” nomli oliy o‘quv yurtlari uchun darsligi  «Yilning eng yaxshi darsligi va o‘quv qo‘llanmasi muallifi» Respublika tanlovining g‘olibi sifatida I darajali diplom va pul mukofoti bilan taqdirlangan.

2018 yilda Hakimov M.X. va 2021 yilda Polatov A.M. International Academy of Injineering (Xalqaro Muxandislar Akademiyasi)ning muxbir a’zoligiga saylanganlar.

Kafedrasi o‘qituvchisi R.X.Baxromov 2020 yilda Koronavirus pandemiyasi davrida fidoyilik ko‘rsatgan xodimlarning mehnatini e’tirof etish, ularni rag‘batlantirish maqsadida Davlatimiz rahbarining 2020 yil  26-maydagi “Mehr-saxovat” ko‘krak nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi PF-5999-son Farmoniga asosan, pandemiyaga qarshi kurashish, aholi salomatligini muntazam ravishda muhofaza qilib borishda jonbozlik ko‘rsatgan Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritib kelayotgan o‘z kasbining chinakam fidoyi xodimi “Mehr-saxovat” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.

2023 yilda professor Polatov Asxad Muxamedjanovich O‘zbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qo‘llab – quvvatlash “Nuroniy” jamg‘armasi Vasiylik Kengashi qarori bilan “MEHNAT FAXRIYSI ” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.


АДТ кафедрасида  ўқитиладиган  фанлар

Фан номиФан ҳақида қисқача маълумот
Бакалавриат
 Дастурлаш асослариФанни ўқитишдан мақсад–талабаларга дастурлаш асосларини етарли даражада ўқитиш, шу билимларга таянган ҳолда компьютер ёрдамида моделлаштиришга келадиган тадбиқий масалаларнинг дастурий таъминотини амалга оширишга ўргатиш ва ихтисослик фанларини ўзлаштиришда таянч билимларга эга бўлиш, муаммоларининг оптимал ечимини топиш ҳамда кўникма ва малакаларни беришдан иборат.
 Алгоритмик тиллар ва дастурлашФанда қўйилган масалани ечадиган  компьютер дастурини тузиш асосларини ўргатилади. C# дастурлаш тилида структурали ва объектга йўналтирилган дастурлаш тамойиллари қаралади.
 Берилганлар базасиФанни ўқитишдан мақсад – берилганлар базасини лойиҳалаш ва моделлаш усулларини ўргатиш. Олинган билимларга таянган асосланган ҳолда ихтиёрий объектларни таҳлил қилиш ва берилганларни махсус Toad Data Modeler муҳитида моделлашти¬ришга ўргатиш. Берилганлар базаси бўйича тизимларни яратиш учун таянч билимларга эга бўлиш. Берилганлар базасини лойиҳалаш ва моделлаш усулларини ўргатиш. Олинган билим¬ларга таянган асосланган ҳолда ихтиёрий объектларни таҳлил қилиш ва берилганларни махсус Toad Data Modeler муҳитида моделлаштиришга ўргатиш.
 Мультимедиа технологиялари“Мультимедиа технологиялари” фанининг бош мақсади талабаларга компьютер графикасининг математик ва алгоритмик асосларини, мультимедиа восита ва технологиялари орқали мультимедиа маҳсулотларини яратишни ўргатишдир. Шу мақсадда мультимедиа маҳсулотларини яратишда фойдаланиладиган дастурлар ва технологиялар  ҳақида таянч тушунчалар берилади ва улардан фойдаланишга ўргатилади.
 Тизимли дастурлашФан мақсади талабаларга трансляция усуллари, файл тизимининг инсталяцияси, юклагичлар ва тармоқда ишлаш бўйича назарий билимлар олиш, тизимли программалаш воситаларини яратиш бўйича амалий сабоқларга эга бўлиш ва бу билимларни тадбиқий масалаларни ечишда қўллашдан иборат. Фаннинг асосий вазифаси – тизимли дастурий таъминотни ташкил қилишнинг умумий тамойилларини, компиляторлар асосларини ўзлаштириш, тизим утилитларини яратиш ва интерпретаторни қуриш,  ассемблерлар, юклагичлар, компиляторлар, макроаниқловлар бўйича билимларни шакллантириш ва уларнинг амал қилиш тамойилларини ўзлаштириш.
 Дастурлаш технологиялари“Дастурлаш технологиялари” фани бакалавриатдаги асосий фанлардан бири ҳисобланади. Бу фаннинг бош мақсади талабаларга қўйилган масалани ечадиган компьютер дастурини дастурлаш муҳити технологияларини қўллаш орқали тузишни ўргатишдир. Шу мақсадда дастурлаш тиллари, муҳитлар ва технологиялар ҳақида таянч тушунчалар берилади ва улардан фойдаланишга ўргатилади. Фанда Visual C++, Visual C#, Java, Windows Forms, WPF, LINQ, Java Servlet/JSP каби замонавий дастурлаш тиллари ва технологияларининг қўллаш сабоқлари ўргатилади.
 Информатика ўқитиш методикасиФанни ўқитишнинг мақсади – амалий методиканинг энг қийин қисми ҳисобланади. Ўқитишнинг мақсади умумий дидактикада таълим, тарбия ва ривожланишнинг бирлигида қаралади. Информатика амалий аспектни ҳам эътиборга олади – ёш инсонни компьютерлаштирилган жамиятда ҳаётга тайёрлаш. Таълимнинг амалий компоненти компьютер билан мулоқотда амалий фойда олишни билишда намоён бўлади (қидирув тизимларига сўровлар, Интернет, катта бўлмаган ҳисоблашлар ва бошқалар). Бу ҳаётнинг сифатини ва даражасини аниқлайди.
 WEB технологияларФанда Web технологияларнинг назарий асослари, замонавий web технологияларнинг ривожланиш ҳолати, Internet/Intranet компьютер тармоқларининг ишлашида уларнинг роли, web технологияларнинг ривожланиш йўналишлари ва муаммолари, лойихалашни автоматлаштириш воситалари ва усуллари, мураккаб web иловаларни қуриш бўйича билимлар берилади.   Фан вазифаси – замонавий web технологиялар ёрдамида фойдаланувчи учун қулай бўлган мураккаб web иловаларни яратиш, web иловаларни яратишнинг турли инструментал воситаларини ишлатиш кўникмаларини бериш.
 Мобил иловалар яратишМобил қурилмалар ва ундаги дастурий воситалар ўрни ва аҳамияти, мобил қурилмалар операцион тизим, унинг архитектураси, тузилиши, ишлаш принциплари, хизматлари, замонавий дастурлаш тили бўлган JAVA тили ёрдамида Android операцион тизимга мос иловалар яратиш кўникмалари, иловаларда ҳодисалар ва жараёнларни бошқариш, иловалар яратишда фойдаланувчи интерфейсини яратиш ва мослаштириш, мобил қурилмалардаги турли хил хизматлар (хабар алмашув, қурилмаларни бошқариш, берилганлар базаси билан ишлаш ва ҳ.к.) муаммоларни ўрганишни қаралади.
 Ахборот технологияларини стандарлаштиришАхборот технологияларини Республика ва халқаро миқёсда стандартлаштиришни талабаларга ўргатиш

Кафедрада  ўқитиладиган  фанлар магистратура учун.

Фан номиФан ҳақида қисқача маълумот
 Ахборот тизимларини лойиҳалашФаннинг мақсади – мураккаб ахборот тизимларини яратиш ва улар¬нинг дастурий таъминотидаги ҳаёт циклини бошқариш соҳасидаги мута¬хас-сисларни тайёрлаш; асосий тизимли тушунчалар, халқаро стандартлар ва амалиётни ўзлаш¬тириш; мураккаб тизимларни яратиш учун тизимли ёндошувни шакллан¬тириш каби масалаларни ўргатишдан иборат.
 SQL технологиялариФаннинг ўкитишдан мақсад – тузилмали тил сўровлари ва SQL динамик интерфейси ёрдамида локал, тақсимланган ва объектли-реляцион берилганлар базасини яратиш технологияси ва усулларини ўрганишдан иборат.
 Формал тиллар ва грамматикаларФан мақсади – талабаларга формал грамматика ва тиллар , трансляция усуллари, лексик таҳлил, синтаксик ва семантик тахлил, код генерация ва оптимизация усуллари бўйича бўйича назарий билимлар олиш, юқори босқич тиллар учун транслятор элементларини яратиш бўйича амалий сабоқларга эга бўлиш ва бу билимларни тадбиқий масалаларни ечишда қўллашдан иборат.
 Тармоқ технологиялариФаннинг мақсади – тармоқлар ва ахборотни узатиш тизимларининг архитекураси ва элементларини, тармоқларни ва ахборот узатиш тизимларини ташкилланиш тамойиллари ва ишлашини, локал ва глобал компьютер тармоқлари ва ахборот узатиш тизимларининг техник ва дастурий компоненталари структураси ва бажарадиган вазифасини; ахборот узатиш тизимларида берилганларни узатиш технологиясини, компьютер тармоқлари протоколларини,  ахборот ҳафвсизлиги талабларига мувофиқ тармоқлардан ва ахборот тизимларидан фойдаланишнинг хусусиятларини ўрганишдан иборат.
 WEB иловаларини яратиш технологияларФанни ўқитишдан мақсад – талабаларига web иловаларни яратиш технологиялари бўйича билимларнинг назарий асосларини, асосий тушунчалари ва тамойилларини ўргатиш ҳамда уларни амалиётда татбиқ этиш кўникмасини ҳосил қилишдан иборат.
 Тақсимланган тизимларФанининг мақсади – талабаларда ахборотларга ишлов беришнинг юқори унумли воситалари ҳақида билим бериш, тақсимланган тизимлар ҳақидаги тегишли тушунчаларга эга бўлиш, ахборотга ишлов беришда тақсимланган тизим архитектурасининг аҳамиятини тушуниш, мураккаб ҳисоб ишларида юқори унумли воситаларни қўллаш тушунчаларини шакллантириш.
 Параллел ҳисоблашлар асослари“Параллел ҳисоблаш асослари” фани магистрантларнирг назарий билимлар, амалий кўникмалар, жараёнларга услубий ёндашув ҳамда илмий дунёқарашини шакллантириш вазифаларини бажаради.
 Компьютер тармоқларини маъмурий бошқаришФанининг мақсади – ахборот тизимлари ва тармоқларда ахборот алмашувининг асосий қонуниятларини ва алоқа тизимлари ва тармоқларда уларни амалга ошириш усулларини ўрганиш, талабаларни ахборот тизимлари ва тармоқларнинг асосий концепциялари, моделлари ва қурилиш тамойиллари, ушбу соҳадаги стандартлар ва кузатилаётган ривожланиш анъаналари билан таништириш.
 Мобил иловалар яратиш технологиялариФаннинг мақсади – мобил қурилмалар ва ундаги дастурий воситалар ўрни ва аҳамияти, мобил қурилмалар операцион тизим, унинг архитектураси, тузилиши, ишлаш принциплари, хизматлари, мобил қурилмалар учун операцион тизимга мос иловалар яратиш кўникмалари, иловаларда ҳодисалар ва жараёнларни бошқариш, иловалар яратишда фойдаланувчи интерфейсини яратиш ва мослаштириш, мобил қурилмалардаги турли хил хизматлар (хабар алмашув, қурилмаларни бошқариш, берилганлар базаси билан ишлаш, SQLite ва ҳ.к.) муаммоларни ўрганишни ўз олдига мақсад қилиб қўйган.

3. Тадқиқотчилар ва илмий ишлар тўғрисида

Tadqiqotchi professor-o’qituvchining F.I.Sh.Ilmiy darajasi, unvoniDissertatsiya ishi mavzusi
1Polatov Asxad Muxamedjanovichf.-m.f.d., professorKonstruktion materiallarning chiziqsiz deformatsiyalanish masalalarini chekli elementlar usulida yechish algoritmlari va sonli modellashtirish
2Gaynazarov Sulton Mamanazarovichf.-m.f.n., professorUch o’lchamli dinamik jismlarni raqamli modellashtirish
3Hakimov Muftoh Xamidovicht.f.n., professorMuammoga yo’naltirilgan dialog tizimlarida modellar va dizayn usullarini tadqiq qilish va ishlab chiqish
4Pulatov Suhbatilla Ismatullayevichf.-m.f.n., dotsentMikroelektronikada ayrim texnologik jarayonlarni raqamli modellashtirish
5Adambayev Uchqunbek Erkinovichf.-m.f.n., dotsentTransversal izotrop jismlar uchun elastik-plastik masalalar
6Yusupov Yusufbay SaidjonovichPhD, dotsentTermoplastiklikning tegishli masalalarining matematik va raqamli modellari
7Ikramov Axmat Maoripovichf.-m.f.n., dotsentTolalik kompozit materiallarda termoelastikplastik jarayonlarini chekli elementlar usulida kompyuterli modellashtirish
8Navruzov Erkin Ravshanovichkatta o’qituvchiMashinani o’rganish usullaridan foydalangan holda zararli dasturlarni aniqlash
9Nigmanova Dilobar Baxromovnakatta o’qituvchiAbsorbsion yoki manbali ikki komponentli muhitda nochiziqli jarayonlarni matematik modellashtirish
10Karimov Nodir Madirimovichkatta o’qituvchiZiddiyatli vaziyatlarda yordamchi kuch resurslarini boshqarishni matematik usullar orqali takomillashtirish

Ҳамкорлик

Кафедра мамлакатимиз ва хорижий илмий ва таълим ташкилотлари билан ўқув-методик, илмий ва кадрлар мобиллиги бўйича ҳамкорликда фаолият олиб боради.

Ҳорижий олий таълим муассасалари:

  1.  Европа иттифоқининг «Информатика-қўшимча мутахасисслик» 544319-TEMPUS-1-2013-1-FRTEMPUS-JPCR PROMIS халқаро гранти.  Номутахассисликлар учун информатика бўйича магистратура очиш бўйича меъёрий, ўқув-методик ҳужжатлар тайёрлаш (2013-2015 йй.).
  2. Европа иттифоқининг– «Erasmus+ Key Action 1 – Mobility fo learners and staff – Higher Education student and staff mobility» ҳалқаро лойиҳаси. Ходимлар мобиллиги бўйича. Координатор: Н.А.Игнатьев.(2017-2019 йй.) 
  3. Польшанинг “КATAMARAN” дастури асосида Люблин Технологиялар университети (профессор Марек Милош) билан Ўзбекистон Миллий университетида “Mobile Application Development – Joint Master Studies in English”  магистратурасини очиш учун зарур бўлган меъёрий ҳужжатлар, фанлар бўйича ўқув материалларни тайёрлаш ва “3D DIGITALSILK ROAD” лойиҳаси бўйича тарихий обидалар ва атрефактларнинг 3D сканер қилишни ўргатиш (2019-2021йй.);
  4. Қозоғистоннинг Нур-Султан шаҳридаги Л.Н.Гумилов номидаги Евроосиё Миллий университети (профессор, техника фанлари доктори Шарипбой Алтинбек Амиругли) билан Ўзбекистон Миллий университетида маърузалар ўтказиш бўйича;
  5. Бирлашган Араб Амирлиги университети (доцент, PhD Шерзод Тураев) билан Ўзбекистон Миллий университетида маърузалар ўтказиш бўйича.

Мамлакимиздаги ташкилотлар:

  1. Тошкент тиббиёт академияси Урганч филиали билан тиббиёт соҳасида ахборот технологиялари бўйича малакага эга мутахассис тайёрлаш бўйича;
  2. Ўзбекистон Республикаси Президент Администрацияси Тиббиёт бош бошқармаси 1-сонли Марказий клиника (тиббиёт фанлари доктори Розиходжаева Г.А.) билан интеллектуал усулларни тиббиёт масалалари қўллаш бўйича PhD тайёрлаш бўйича;
  3. «Kibera Technology» МЧЖ билан Жамоавий дастурлаш малакасига эга мутахассис тайёрлаш бўйича;
  4. ЎзФА Механика ва иншоотлар сейсмик мустаҳкамлиги институти билан Механик жараёнлар ва иншоотларни сесмик мустаҳкамлигини текшириш бўйича дастурчи мутахассис тайёрлаш;
  5. Қарши Давлат университети («Амалий математика» кафедраси) билан илмий даражага эга ходимларни тайёрлаш масаласида;
  6. Тошкент шаҳар Олмазор тумани 249-ўрта таълим мактаби билан Информатика ва математика фани бўйича ўқитувчиларни  тайёрлаш бўйича.

5. Kafedra tarkibi

Familiyasi, ismi, sharifiElektron pochta
 Polatov Asxad Muxamedjanovich f.-m.f.d., professora.polatov@nuu.uz, asad3@yandex.ru
 Ismoilov Baxromjon Maxmudovich t.f.d.b.maxmudov@nuu.uz
 Gaynazarov Sulton Mamanazarovich f.-m.f.n., dotsents.gaynazarov@nuu.uzgaynazarsm@mail.ru
 Hakimov Muftoh Xakimovich t.f.n., professorm.hakimov@nuu.uzmuftah@mail.ru
 Ikromov Axmad Maoripovich f.-m.f.n., dotsenta.ikramov@nuu.uz, ikramov_am@nuuz.uz
 Pulatov Suhbatilla Ismatullayevich f.-m.f.n.s.pulatov@nuu.uz, suxbat@mail.ru
 Adambayev Uchqunbek Erkinovich f.-m.f.n., dotsentu.adambaev@nuu.uz, uchqunbek@yandex.ru
 Yusupov Yusufbay Saidjonovich PhDyu.yusupov@nuu.uz, yusabio@mail.ru
 Maxarov Tolkun Abdilaxatovich dotsenttmakharov@nuu.uz, tmakharov@mail.ru
 Latipov Nusratilla Qudratillayevich Katta o’qituvchin.latipov@nuu.uz, latipov_nq_aa@nuuz.uz
 Muxammadiyev Ravshan Abduvali o‘g‘li Katta o’qituvchimuhammadiyevr@mail.ru
 Karimov Nodir Madirimovich Katta o’qituvchimatematik-uz@mail.ru n.karimov@nuu.uz
 Hayitqulov Bobomurod Hayitovich PhD, Katta o’qituvchib.hayitkulov@nuu.uzlinux0886@mail.ru
 Navruzov Erkin Ravshanovich Katta o’qituvchie.navruzov@nuu.uz, erkinbek0989@mail.ru
 Nigmanova Dilobar Baxromovna Katta o’qituvchid.nigmanova@nuu.uz, dill198912@gmail.com
 Baxromov Rustam Xamraboyevich Katta o’qituvchir.bahromov@nuu.uz, baxramov88_r@mail.ru
 Toshpo‘latov Abduxalil Oltiboyevich O’qituvchiabduhalil00701@gmail.com
 Abdujabborov Zafar Abdusattorovich O’qituvchizafarabdujabborov57@gmail.com
 Murodullayev Mo‘minjon Oybek o‘g‘li Stajyor-o’qituvchi 
 Sapayev Shixnazar Omon o‘g‘li Tayanch doktorantsapayev.nazarbek@gmail.com
 Bekova Vazira G‘opirjon qizi Tayanch doktorant 
 Hakimova Muxabbat Ataquziyevna Kabinet mudiri