Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Anchor Schools tadqiqot maktabi

AQSHning Anchor Schools tadqiqot maktabi asoschisi va direktori O’zMUda

2023 yilning 22-may sanasida AQSHning Anchor Schools tadqiqot maktabi asoschisi va direktori Sara Mierke O’zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko’zlangan maqsad univeristetning gidrometeorologiya yo’nalishi bilan hamkorlikda olib borilayotgan loyiha bo’yicha bajariladiga ishlarni muhokama etishdan iborat bo’ldi.

Mazkur loyihaning yo’lga qo’yilganligiga bir yil to’lgan bo’lib, asosan yashil iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan.

Shuningdek, iqlim o’zgarishi jarayonida suv resurslaridan to’g’ri foydalanish, tabiatga salbiy ta’sir etmaydigan ishlab chiqarish yo’llarini topish va mazkur yo’nalishlarda tadbirkorlik qobiliyatini shakllantirish tashabbuslari ilgari surilgan.

Loyiha rejasiga muvofiq yuqorida sanab o’tilgan vazifalar bo’yicha 8-9 nafar trenerlar tayyorlanadi va ular uzoq qishloq hududlaridagi yoshlar uchun o’rgangan tajribalari asosida darslar o’tib berishlari nazarda tutilgan. Belgilangan vazifalar muvaffaqiyatli yakun topsa, loyiha yana 3-5 yilga uzaytirilishi ta’kidlandi.