Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Babasaheb Bhimrao Ambedkar Universiteti

Hindistonning Babasaheb Bhimrao Ambedkar Universiteti Professori O‘Zmuga Tashrif Buyurdi

2022-yil 11-oktabr kuni Hindistonning Babasaheb Bhimrao Ambedkar universiteti atrof-muhit fanlari kafedrasi mudiri Professor Navin Avrora O‘zMUga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda, “UZB-Ind-2021-93 sonli “Stressli agro ekosistemalarda ekologik toza maxsulotlarni ishlab chiqarish uchun yangi biochar va rizobakteriyalarga asoslangan bioinnokulyant yaratish” loyihasi aʼzosi Dilfuza Egamberdiyeva, xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova hamda xalqaro aloqalar bo‘limi xodimlari ishtirok etishdi.

Mazkur uchrashuvda, kelgusida ikki universitet o‘rtasida hamkorlik memorandum imzolash hamda talabalar orasida akademik mobillik va yozgi maktablarni tashkil etish kelishib olindi.

Shuningdek, tomonlar Babasaheb Bhimrao Ambedkar universitetining h-indeksi yuqori bo‘lgan professor-o‘qituvchilari bilan hamkorlikda ilmiy maqolalar nashrini yo‘lga qo‘yish masalalari borasida fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha o‘zaro manfaatli faoliyat sohalarida hamkorlik qilish kelishuviga erishildi.