Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Bitlis Eren universiteti

2022 yil 13-aprel kuni O‘zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti "Etika va estetika" kafedrasi tashabbusi bilan Taekvondo va sport faoliyati fakultetida 3-kurs talabalariga Turkiya davlatining Bitlis Eren universiteti Jismoniy tarbiya va sport kafedrasi mudiri (PhD) Fotih Hazar tomonidan Sport estetikasi hamda Recreatio, sog‘lom turmush tarzi mavzularida ma`ruza qildi.

 Taekvondo va sport faoliyati fakulteti Taekvondo (WTF) yo‘nalishi jahon va respublika chempioni talabalari Aziz Sobitov, Aziz Umarov , Begzod Ergashev, Abbos Qushboqov, Aziza Hasanova va Aziza Mustafayevalar bilan alohida suhbatlashib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Tarix fakulteti Arxivshunoslik kafedrasi mudiri, t.f.n., professor Z.Rahmanqulovaga maruzani turk tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilishda amaliy yordam berganligi uchun minnatdorchilik bildiramiz.