Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Bordo Montaigne universiteti

Bordo Montaigne universiteti (Fransiya) vakillari o‘rtasida onlayn uchrashuv

2023-yil 12-yanvar kuni Xalqaro aloqalar bo‘limi xodimlari va Fransiyaning Bordo Montaigne universiteti vakillari bilan onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Tomonlar universitetlar talabalari, o‘qituvchilari va xodimlarining xorijdagi mobilligini rivojlantirish maqsadida 2015-yildan buyon Yevropa Komissiyasi tomonidan amalga oshirilayotgan ICM (International Credit Mobility) Yevropa loyihasida ishtirok etish masalalarini muhokama qildilar.

Bordo Montaigne universiteti O’zMU bilan hamkorlikda filologiya, arxeologiya, tarix, madaniy meros yo’nalishlarida talabalar mobilligini amalga oshirishda Erasmus MIC dasturida ishtirok etishga tayyorligini bildirdi.

Bordo Montaigne universiteti prorektorining ta’kidlashicha, O‘zMU fan yo’nalishlari va mutaxassisliklari bo’yicha ko’p tarmoqli bo’lganligi sababli, Markaziy Osiyo OTMlari orasida ustunlikka ega universitetdir.