Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Cambridge Universiteti

O‘zbekiston Milliy universiteti o‘quv ishlari bo'yicha prorektori Shuhrat Toshmatov hamda Xorijiy filologiya fakulteti dekani Xabibulla Bakiyev Angliyaning Kembrij universitetida bo‘ldi. Vakillarimiz Kembrij universiteti Tabiiy fanlar bo'yicha o'quv va ilmiy laboratoriyasi professori, universitetning Markaziy Osiyo forumi rahbari Sidxart Saksena bilan ikki universitet o‘rtasida akademik almashinuv, turli grantlarda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va tegishli fakultetlar o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish bo'yicha istiqbolli kelishuvlarni muhokama qilishdi. Ma’lumot uchun, ushbu laborotoriya ilm-fanga 33 ta Nobel mukofoti laureatini yetishtirib bergan


Buyuk Britaniyaning Kembridj universiteti ilmiy xodimi O'zMUga tashrif buyurdi

2022 yil 9 dekabr O‘zbekiston Milliy Universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor, professor Raima Xakimovna Shirinova Britaniyaning Kemjridj universiteti Tarix fakulteti ilmiy xodimi Dr. Molli Arbutnot (Mollie Arbuthnot) bilan uchrashdi.

Uchrashuv chog‘ida,  avvalo O‘zbekiston Milliy universiteti tarixi, fakultetlari va yo‘nalishlari haqida tanishtirib o‘tildi, jumladan, Tarix fakulteti faoliyati haqida alohida to‘xtalib o‘tildi.

O‘z navbatida, Dr. Arbutnot O‘zbekistonga tashrifi xususida to‘xtalib o‘tar ekan, tadqiqotchi  sifatida Sovet Ittifoqining ilk davrida vizual va moddiy madaniyat, jumladan, ommaviy axborot vositalari, tashviqot va tomoshabinlar nazariyalari mavzulari bo‘yicha doktorlik ilmiy darajasini ximoya qilgan.