Diplomatic World Nashriyot Uyi
Belgiyaning Diplomatic World Nashriyot Uyi Vakillari O’zmuda
2023 yilning 10 iyul kuni Oʼzbekiston Milliy universiteti Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor Raima Shirinova Belgiyaning Diplomatic World nashriyot uyi asoschisi va bosh muharriri Barbara Ditrix hamda Loyihalar boʼyicha Menejer Аlberto Turkstra bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Uchrashuv boshida tashrif buyurgan mehmonlarga eʼtiboriga Oʼzbekiston Milliy universiteti tarixi, fakultetlar, xalqaro loyihalar haqida qisqacha video-lavha taqdim etildi, shuningdek erishilgan yutuqlar haqida maʼlumotlar berildi. Bundan tashqari, universitetning dunyodagi yetakchi universitetlar bilan oʼrnatilgan hamkorlik loyihalari, oʼqituvchi professorlarning akademik mobillik dasturlari, gender tenglik, xorijiy talabalarni oʼqishga qabul qilish, jumladan 12 iyuldan 20 iyulga qadar davom etadigan “Xalqaro yozgi maktab” loyihasi toʼgʼrisida oʼrtoqlashildi.
Oʼz navbatida, Barbara Ditrix xonim, Oʼzbekiston Milliy universitetiga ikkinchi marta tashrif buyurayotganidan mamnun ekanligini taʼkidlar ekan, soʼngi yillarda Oʼzbekistonda yuz berayotgan ijobiy oʼzgarishlar haqida toʼxtalib oʼtdi.
Uchrashuv soʼngida Oʼzbekiston Milliy universiteti yutuqlari haqidagi maqolalar Diplomatic World jurnalida muntazam tarzda yoritib borish boʼyicha kelishib olindi.