The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

O‘zbekiston Milliy universitetining ilm-fan rivoji va jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni

O'zbekiston Milliy universitetining 105 yilligi munosabati bilan poytaxtimizda joylashgan "Intercontinental Tashkent" mehmonxonasida "O‘zbekiston Milliy universitetining ilm-fan rivoji va jamiyat taraqqiyotida tutgan o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

Unda davlat va jamoat arboblari, fan-ta'lim fidoyilari, respublika oliy ta’lim muassasalari rektorlari, shuningdek, 50 nafarga yaqin xorijiy ta'lim muassasalari rektorlari va nufuzli mehmonlar ishtirok etdi.

Konferensiyada Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov o'z kirish so‘zida O'zMUning O‘zbekiston ilm-fani rivojiga qo‘shgan hissasini e’tirof etib, universitet jamoasi va mehmonlarni samimiy tabrikladi.