The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

Xorijiy talabalar tahsil oladigan 1-sonli talabalar turar joyida bayram dasturxoni tashkil etilib, osh tortildi

Ayni vaqtda O‘zbekiston Milliy universitetining xorijiy talabalar tahsil oladigan 1-sonli talabalar turar joyida Yangi yil bayrami ko‘tarinki ruhda nishonlanmoqda.

Rektor boshchiligida universitet rahbariyati 1-sonli talabalar turar joyida bo‘lib, talabalar bilan samimiy muloqot qilishdi. Universitet rektori talabalarni bayram bilan qutlab, ularga kirib kelayotgan yangi yil kattadan-katta muvaffaqiyat va zafarlar olib kelishini tiladi.

1-sonli TTJda yashayotgan xorijiy talabalar uchun bayram dasturxoni tashkil etilib, osh tortildi, shuningdek, har bir talabaga bayram munosabati bilan oziq-ovqat mahsulotlari tarqatildi.