The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

YAPONIYA OLIY TA`LIM TIZIMIDA SIYOSIY FANLARNI O‘QITISHDA YANGI YONDASHUVLAR 

Joriy yilning 26-noyabr kuni O'zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti "Fuqarolik jamiyati va huquq ta`limi" kafedrasi va "Istiqbol" tadqiqot markazi NNT hamkorligida "Yaponiya oliy ta`lim tizimida siyosiy fanlarni o'qitishda yangi yondashuvlar" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. 

Unda Yaponiyaning Nagoya universiteti vakolatxonasi ijrochi direktori  Eldorjon Elmurodov mavzu yuzasidan taqdimot qildi. 

Davra suhbatida "Fuqarolik jamiyati va huquq ta`limi" kafedrasi mudiri Usmon Bo'tayev, dotsentlar Jamshid Yusubov, Gulbahor Isanova, Jaloliddin Yusubov, tyutorlar va Siyosatshunoslik yo'nalishi  1-bosqich talabalari ishtirok etishdi 

O’zMu Axborot xizmati