Ijtimoiy fanlar fakulteti (1991 yilgacha Falsafa-iqtisod fakulteti, 1991-2014 yilgacha Falsafa fakulteti) 1979 yilda tashkil etilgan va 2014 yildan Ijtimoiy fanlar fakulteti deb nomlana boshlagan. Fakultet tarkibida dastlab falsafa, psixologiya, iqtisod, siyosatshunoslik bo’limlari faoliyat olib borgan.
Ijtimoiy fanlar fakultetida 2021-2022 o‘quv yilidan boshlab Siyosatshunoslik, Patentshunoslik yo‘nalishlari, 2022-2023 o‘quv yilidan Yurisprudensiya yo‘nalishlari bo‘yicha kadrlar tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.
Bugungi kunda fakultetda 10 kafedrada, 2 ta o‘quv-ilmiy laboratoriya, “Yuridik klinika” faoliyat yuritmoqda.
Ijtimoiy fanlar fakulteti yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda dahldorlik tuyg’usini shakllantirishga yo’naltirilgan bilim va malakalarni chuqur egallagan, O’zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy, ma’naviy, siyosiy islohotlarni aholining turli qatlamlari ongiga etkazish uchun xorij tillarini o’zlashtirgan, o’zining ma’naviy qiyofasi bilan yoshlarga ibrat bo’la oladigan malakali bakalavr va magistrlar tayyorlaydigan tayanch fakultetlardan biri hisoblanadi.
Fakultetda 32 fan doktori (DcS)-professor, 47 fan nomzodi(PhD)-dotsent, 100 nafardan ortiq katta o’qituvchi, o’qituvchi va assistentlar faoliyat olib boradilar.
Uning bakalavriat bosqichida 5500 dan ortiq talaba, magistratura bosqichida 260 magistrant, doktorantura va tayanch doktoranturada esa 50 nafardan ziyod ilmiy xodim tahsil olmoqda.
Ijtimoiy fanlar

Fakultet tarixi

INAQOV KOMIL QADIRJANOVICH
Dekan

JAYSANOV ABDUVAHOB BAXTIYOROVICH
Dekan muovini
Ilmiy darajasi:
Darajasiz
Ilmiy unvoni:
Unvonsiz
Qabul kunlari:
Chorshanba-Juma, soat 15:00 dan 17:00 gacha
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

NIYOZOV SULTONMUROD OCHILOVICH
Dekan muovini
Ilmiy darajasi:
Darajasiz
Ilmiy unvoni:
Unvonsiz
Qabul kunlari:
Chorshanba-Juma, soat 15:00 dan 17:00 gacha
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

MAXKAMOV ULUGBEK ABDUGAPPOROVICH
Dekan muovini
Ilmiy darajasi:
Fan doktori, DSc
Ilmiy unvoni:
Unvonsiz
Qabul kunlari:
Chorshanba-Juma, soat 15:00 dan 17:00 gacha
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

XOJIYEV TUNIS NURKOSIMOVICH
Dekan muovini
Ilmiy darajasi:
Fan doktori, DSc
Ilmiy unvoni:
Unvonsiz
Qabul kunlari:
Chorshanba-Juma, soat 15:00 dan 17:00 gacha
Manzil:
Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy
Fakultet tarkibidagi kafedralar
Hozirgi kunda Ijtimoiy fanlar fakulteti 7 ta kafedrani o'z ichiga oladi. Bular quyidagilar:

Ta’lim dasturlari
Bakalavr
Magistratura
Fakultetda xorijiy mamlakatlardagi nufuzli fan va ta’lim markazlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish borasida ko‘pgina ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugungi kunda fakultetda mavjud ta’lim yo‘nalishlarida Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya, Xitoy, Ukraina, Ozarbayjon, Turkmaniston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston Respublikalaridan kelgan jami 20 dan ortiq xorijiy talabalar tahsil olishmoqda.
Jumladan, fakultetimiz tomonidan xorijdagi yetakchi turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilgan.
Falsafa sohasida AQShning Hofstra universiteti, Indiana universiteti, Slovakiyaning Nitra shahridagi Faylasuf Konstantin universiteti, Muxtor Avezov Janubiy Qozog‘iston universiteti, Ispaniyaning San-Pablo universiteti, Belarussiya davlat universiteti, Belarus Milliy fanlar akademiyasi qoshidagi Belarus Falsafa instituti, L.N.Gumilyov nomidagi Yevrosiyo milliy universiteti, Ozarbayjonning Baku davlat universiteti, Rossiya Federatsiyasining Dog‘iston davlat universiteti, Grozniy neft va gaz universiteti, Tojik Milliy universiteti, Osimiy nomidagi Tojikiston davlat politexnika universiteti, Manas nomidagi Qirg‘iz-turk universiteti, al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti hamda Fransiyaning milliy madaniy markazlari bilan ilmiy-amaliy hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.
Pedagogik sohasida Qozon federal universiteti (Rossiya), Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti (Rossiya), Qaynar Akademiyasi (Qozog‘iston), Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti, Al Forobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti, Abay nomidagi Qozoq milliy pedagogika universiteti, Dulatiy nomidagi Taraz davlat universiteti va Tojikiston ta’lim Akademiyalari bilan ilmiy-pedagogik hamkorlik shartnomalari tuzilgan.
Psixologiya sohasida Polsha (Varshava universiteti, Politechnica Lubelska), Rossiya (MGU), Janubiy Ural davlat universiteti, Birinchi Sankt-Peterburg davlat tibbiyot universiteti,Turkiya (Sakarya university, Kirikale University), Belarus (Belorussiya davlat universiteti), Qozog‘iston (Al-Farabiy nomidagi Qozoq milliy universiteti, Akademik Y.A.Buketov nomidagi Karaganda universiteti), Rossiya Federasiysi (Ural Federal Universiteti)
Siyosatshunoslik sohasida Niderlandiyaning Amsterdam universiteti Rossiyaning Tver Davlat universiteti, Xitoy davlatining Jenmin va Lanchjou universiteti, Tojikiston Milliy FA Osiyo va Yevropa mamlakatlarini o‘rganish instituti direktori, M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universitetilari bilan hamkorlik aloqalari o’rnatilgan.
Huquqshunoslik sohasida Lund universiteti(Shvetsiya), Shensi Pedagogika universiteti qoshidagi Markaziy Osiyo instituti(Xitoy), Moskva davlat universiteti(Rossiya)lari bilan hamkorlik aloqalari o’rnatilgan.
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda «O‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasi bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimini xalqaro standartlar asosida takomillashtirish» mavzusidagi xalqaro loyiha (Loyiha rahbari sos.f.d., prof. Latipova N.M.) 2018-2021 yy.