Fransiya Elchixonasi
2024 yilning 26 yanvar sanasida Toshkentdagi Fransiya elchixonasining taʼlim hamkorligi boʻyicha mintaqaviy attashesi Serge Bellini, Fransiyaning Puatye universiteti xalqaro aloqalar boʻyicha prorektori Christine Fernandez-Maloigne, VPRI Université de Poitiers Jean-Noël Castorio, 1er VP Université du Hâvre-Normandie universiteti vakillari hamda , Oʻzbekiston Milliy universiteti xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova , Oʻzbekiston Jahon tillari universiteti xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor Abduraxim Nosirov , Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika Universiteti umumiy masalalar boʻyicha prorektor Abdulla Mirisayev, Toshkent davlat transport universiteti xalqaro hamkorlik boʻyicha prorektor Bahodir Toʻrayev bilan birgalikda onlayn uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Maʼlumki 2024-yilda Toshkentda Fransiya universitetlari bilan hamkorlikda yoʻlga qoʻyiladigan fransuz universiteti masalalari yaʼni yoʻnalishlar boʻyicha oʻquv dasturlari, malaka talablari va oʻquv jarayoniga taaluqli boʻlgan masalalar muhokama qilindi.
Uchrashuv soʻngida tomonlar kelgusida amalga oshiriladigan ishlarni qadamba-qadam belgilab oldilar.