Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Hamkorlikda dars mashg’ulotlari tashkil etildi

O’zbekiston Milliy universiteti va Qozog’iston Milliy xotin-qizlar pedagogika universiteti o’rtasida xalqaro hamkorlik doirasida O’zMU Tarix fakulteti “O’zbekistonning eng yangi tarixi” kafedrasi amaliy ishlar olib bormoqda. Jumladan, “O’zbekistonning eng yangi tarixi” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Rahbar Murtazayeva Qozog’iston Milliy xotin-qizlar pedagogika universiteti professor-o’qituvchilari, doktorantlari va talabalariga “Millatlararo munosabatlar va bag’rikenglik” fanidan dars mashg’ulotlarini olib bormoqda.
Ma’lumot o’rnida, mazkur hamkorlikdagi darslar 12 soatga rejalashtirilgan va dars mashg’ulotlari belgilangan reja asosida olib borilmoqda.

O’zMU Axborot xizmati