Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Korrupsiya rivojlanishimizga to’siq

Dunyoning rivojlanishi hamda tinchlik va xavfsizlikni ta'minlash maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashda birlashmog‘imiz lozim!
Korrupsiya – bu har bir jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishini izdan chiqaruvchi eng xavfli jinoyatdir. Hech qaysi mamlakat, biron-bir hudud yoki jamiyat yo‘qki u korrupsiyaga qarshi immunitetga ega bo‘lsa.
Shu munosabat bilan 2021-yilning 9-dekabr kuni O’zbekiston Milliy universitetida O’zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashisb milliy Kengashi raisi T.Narbayeva tomonidan joriy yilning noyabr oyida tasdiqlangan 9-dekabr - Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuniga bag’ishlangan Aksilkorrupsiya haftaligi doirasida o’tkaziladigan tadbirlar rejasining 7-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida “Korrupsiya rivojlanishimizga to’siq” mavzuida tadbir o’tkazildi. Tadbirda O’zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov, Respublika Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi mas’ul xodimi A.J.Ergashev, ОO’MTV Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens nazorat nazorat” tizimini boshqarish bo’limi boshlig’i Х. Abdurahmonov, fakultet dekanlari, dekan o‘rinbosarlari, bo‘lim boshliqlari, kafedra mudirlari va professor–o‘qituvchilar ishtirok etdi. Tadbirni universitet rektori Inom Madjidov kirish so‘zi bilan ochib, tadbirda ishtirok etadigan ma’ruzachilar bilan tanishtirib o‘tdi. Shuningdek, korrupsiya ta’lim-tarbiya tizimi uchun eng katta xavf va birinchi raqamli dushman ekanini ta’kidlab o‘tdi. Tadbir ochiq muloqot va munozara tarzida o’tkazildi.

O’zMU Axborot xizmati