Menejment va fan universiteti
2022 yil 8 avgust sanasida Malayziyaning Menejment va fan universiteti prezidenti Mohd Shukri Ab Yajid boshchiligidagi delegatsiya O’zMUga tashrif buyurdi. Uchrashuvda Menejment va fan universiteti prezidenti Mohd Shukri Ab Yajid universitet to’g’risida batafsil ma’lumot berdi va hamkorlik yo’nalishlariga ham to’xtalib o’tdi. O’z navbatida Milliy univeristet Xalqaro aloqalar bo’yicha prorektri R.Shirinova ham mehmonlarga universitet haqida batafsil ma’lumot berid hamda O’zMUning xalqaro hamkorlik xususiyatlariga to’xtalib o’tdi. Konstruktiv ruhda o’tgan uchrashuvda tomonlar amalga oshirilishi aniq bo’lgan loyihalar bo’yicha hamkorlik o’rnatishga kelishib olindi.
Ma’lumot uchun: Malayziyaning Menejment va fan universiteti xalqaro reytinglarda yuqori pog’onalarni egallagan. Xususan, QS WUR bo’yicha TOP 500 va QS Subject bo’yicha bir nechta fan jabhalarida yuqori o’rinlarda turadi.