Milliy tadqiqot universiteti
Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqot universiteti Oliy iqtisodiyot maktabi vakillari O‘zbekiston Milliy Universitetida
O‘zbekiston Milliy Universiteti Rossiya Federatsiyasining ko‘plab universitetlari, ilmiy-tadqiqot markazlari, institutlari, oliy maktablari va tashkilotlari bilan hamkorlik olib boradi va Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqot universiteti Oliy iqtisodiyot maktabi shular jumlasidandir.
2023-yil 17-noyabr kuni, Rossiya Federatsiyasining Milliy tadqiqot universiteti Oliy iqtisodiyot maktabi prorektori o‘rinbosari Mariya Aleksandrovna Nagernyak, Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabi “Inson salohiyatini fanlararo tadqiq qilish markazi” jahon miqyosidagi ilmiy markaz direksiyasi direktori oʻrinbosari, Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabi Ijtimoiy siyosat instituti, Stratifikatsiya tadqiqotlari markazi katta ilmiy xodimi Vasiliy Aleksandrovich Anikin, Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabi Ijtimoiy siyosat instituti direktori o‘rinbosari Oksana Vyacheslavovna Sinyavskaya va Ekspert instituti direktori, Amaliy iqtisodiyot kafedrasi dotsenti, Milliy tibbiyot fanlari markazi, Milliy tadqiqot universiteti Iqtisodiyot oliy maktabi loyiha menejeri Ilya Borisovich Voskoboynikov O'zbekiston Milliy Universiteti Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova bilan uchrashishdi.
Uchrashuv davomida universitetilar o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro konferensiyalar tashkil qilish, barqaror rivojlanish maqsadlari yo‘lida hamda ta’lim sifatini yaxshilashga qaratilgan turli xalqaro tadbirlar tashkil qilish, hamkorlikda ilmiy maqolalar chop etish to‘g‘risida fikr bildirdilar.
Shuningdek, doktorantlar uchun ilmiy stajirovkalar va talabalar uchun yozgi maktablar tashkil qilish borasida takliflar bildirildi.
2022 yil may oyida O‘zMU rektori Inom Urishevich Madjidov boshchiligidagi universitet delegatsiyasi ilm va texnologiyaning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirish, O‘zMU professor-o‘qituvchilarini malaka oshirishi va stajirovka o‘tashi bo‘yicha kelishuvlar olib borish, hamkorlikda ilmiy izlanishlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish hamda xorijiy hamkorlar ta‘lim va ilmiy sohalarida bo‘lgan ilg‘or tajribasi bilan yaqindan tanishish va universitet o‘quv va ilmiy jarayoniga tadbiq etish maqsadida Rossiya Federatsiyasining milliy tadqiqot Tomsk davlat universitetida (TDU) bo‘lib turmoqda.
TDU vakillari tomonidan O‘zMU delegatsiyasi uchun “Universitet transformatsiyasi: TDU tajribasi” mavzusida seminar tashkil etildi. Seminarda TDU vakillari universitet rivojida amalga oshirilgan loyiha-tahliliy ishlar xususidagi hamda TDUning xalqaro reytinglarda yuqori ko‘rsatgichlarni erishishdagi tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.