Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Modena universiteti

Italiyaning Modena universiteti bilan hamkorlik.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti shu kungacha juda ko‘plab Italiya universitetlari bilan birgalikda hamkorlik olib borgan va 3 ta Italiya oliy ta’lim muassasalari bilan rasmiy memorandum imzolangan. Hozirgi kunda O‘zbekiston Milliy Universiteti Italiya universitetlari bilan hamkorlikni yanada yuksaltirish uchun ko‘plab sa’y-harakat olib bormoqda. Bunga misol tariqasida Italiyaning Modena universitetini olishimiz mumkin.

2023-yil 9-dekabr kuni Italiyaning Modena universiteti professori Enriko Benassi O‘zbekiston Milliy Universitetiga tashrif buyurdi.

Uchrashuvda Xalqaro aloqalar boʻyicha prorektor Raima Shirinova va Organik sintez va amaliy kimyo kafedrasi mudiri Ilyos Xudoynazarovlar qatnashishdi.

Shuningdek, uchrashuv  davomida  Italiyaning Modena universiteti bilan hamkorlikni kengaytirish, ikki universitetning ilmiy salohiyatini oshirish maqsadida hamkorlikda kimyo yoʻnalishida Skopus bazasida ilmiy maqolalar chop etish va oʻqituvchi va professorlar mobilligini taʼminlash borasida fikrlar bildirildi. Shu bilan birga professor Enriko Benassi kimyo fakulteti talabalariga 2024-yilda maʼruzalar oʻqishi mumkinligini bildirdi.