Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog'iston davlat universiteti

Muxtor Auyezov nomida Janubiy Qozog'iston universitetining rektori Dariya Kojamjarova O‘zbekiston Milliy Universitetida

O‘zbekiston Milliy Universiteti qo‘shni Qozog‘iston universitetlari bilan uzoq yillardan buyon hamkorlik olib boradi va ushbu davlat universitetlari bilan 30 dan ortiq memorandum imzolangan. 2023-yil 12-oktabr kuni esa rasmiy memorandum imzolangan universitetlardan biri Muxtor Auyezov nomida Janubiy Qozog'iston universiteti rektori Dariya Kojamjarova O‘zbekiston Milliy Universitetiga tashrif buyurdi.

Maʼlumki, O‘zbekiston Milliy Universiteti mazkur universitet bilan uzoq yillardan buyon professor-o‘qituvchilar, talabalar almashinuvi, xalqaro ilmiy konferensiyalar va xalqaro ilmiy loyihalarda hamkorlik qilib keladilar.

Universitet rektorining tashrifi doirasida mazkur hamkorliklarni yanada kengaytirish, universitetda ichki va tashqi xalqarolashtirish siyosatini kengaytirish, akademik mobillikni yana-da o‘sishini taʼminlash bo‘yicha bir qator masalalar muhokama qilindi. 2023-2024 o‘quv yillarida Nobel mukofoti sovrindorlari bilan hamkorlikda ikki universitet xalqaro tadbirlar o‘tkazish, shuningdek, barqaror rivojlanish maqsadlarining 16 ta yo‘nalishiga yo‘naltirilgan tadbirlarni hamkorlikda tashkil qilish masalalari ko‘rib chiqildi.

Muxtor Auezov universiteti rektori Dariya Kojamjarova O‘zbekiston Milliy universitetining keyingi yillardagi xalqaro yutuqlarini yuqori eʼtirof etib o‘tdi. Uchrashuv so‘ngida, ko‘rib o‘tilgan barcha masalalar yuzasidan strategik hamkorlik rejasi ishlab chiqishga kelishib olindi.


Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog'iston universiteti bilan akademik almashinuv.

O‘zbekiston Milliy universiteti Qozog‘istonning ko‘plab oliy o‘quv yurtlari bilan uzoq yillik hamkorlik qiladi va rasmiy memorandumlar imzolagan. Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti shular jumlasidandir.

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti o‘rtasida imzolangan akademik mobillik ta’lim dasturi doirasida Muxtor Auezov nomidagi universitetdan ikki nafar talaba tashrif buyurdi.

Ular kuzgi semestrda Tarix va amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetlarida tahsil olib, o‘qish jarayonida faol ishtirok etganliklari uchun sertifikatlar bilan taqdirlandilar.
Akademik mobillik dasturi bo‘yicha talabalar almashinuvini davom ettirish va kelgusida dastur ko‘lamini yanada kengaytirish rejalashtirilgan.


Muxtor Auezov nomli Janubiy Qozog‘iston universiteti talabalari akademik mobillik doirasida O'zMUda

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Muxtor Auezov nomli Janubiy Qozog‘iston universiteti o‘rtasidagi hamkorlik shartnomasiga asosan akademik almashinuv dasturi doirasida Fizika hamda Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar yo‘nalishlarida 2023 yilning 20-sentyabrdan 2024 yilning 20-yanvarga qadar tahsil olish uchun 2 nafar talaba tashrif buyurishdi.

Ular kuzgi semestr davomida Fizika va Iqtisodiyot fakultetlarida tahsil olishadi. Bugun mazkur talabalar bilan xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova va xorijiy talabaalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Diyora Islomovalar uchrashib ularga universitetda taʼlim, yotoqxona talablari haqida batafsil maʼlumot berdilar.


2023 yilning 10-11-may kunlari O'zMU Ijtimoiy fanlar fakulteti "Sotsiologiya" kafedrasi professor - o'qituvchilari, jumladan kafedra mudiri, dotsent (PhD) Elyor Zaitov, dotsent, sotsiologiya fanlari doktori (Dsc) Umida Sobirova, dotsent v.b., falsafa doktori (PhD) Feruza Axmedova va dotsent v.b. falsafa doktori (PhD) Xusan Akramovlar Qozog'istonning Top-500ga kiruvchi Shimkent shahridagi M.Auezov nomidagi Janubiy Qozog'iston universiteti anglashuv memorandum doirasida bakalavr va magistrantlarga ma'ruza o'qidilar. 

 Tashrif davomida talabalar va magistrantlarni o'zlarini qiziqtirgan savollariga javoblar olib, ko'plab ma'lumotlarga ega bo'lishdi.