Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Myonxengladbax Shahri Davlat Arxivi Xodimi

Germaniyaning Myonxengladbax Shahri Davlat Arxivi Xodimi, Tarixchi, Geograf Va Siyosatshunos Olim UzMuda

Germaniyaning Myonxengladbax shahri davlat arxivi xodimi, tarixchi, geograf va siyosatshunos olim Dr. Dr. Helge Klayfeld 2023 yilning 15-may kuni Xorijiy filologiya fakulteti Lingvistika (nemis tili) yoʻnalishi 1- va 2-kurs magistrantlari hamda Filologiya va tillarni oʻqitish (nemis tili) yoʻnalishi 3- va 4-kurs talabalari ishtirokida Germaniya oʻlkashunosligi sohasi boʻyicha oʻzining maʼruzalarini boshladi.

Maʼruzalar davomida Germaniyaning geografik joylashuvi hamda tabiatining oʻziga xos jihatlari toʻgʻrisida talabalar va magistrantlar bilan muhokamalar olib borildi. Dr. Dr. Helge Klayfeld maʼruza qatnashchilariga oʻzi bilan Germaniyadan olib kelgan hadyalari bilan boʻlishdi.

3 kun davom etadigan ushbu maʼruzalar talaba va magistrantlarning oʻlkashunoslik sohasidagi bilimlari rivojiga katta hissa qoʻshmoqda.