Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

OLMAZOR TUMANIDAGI UNIVERSITET YOTOQXONALARIDA YASHOVCHI TALABALAR O'RTASIDA KURASH BO‘YICHA “REKTOR KUBOGI” OCHIQ TURNIR O‘TKAZILDI

2021-yil 17-dekabr kuni Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining sport pavilonida kurash bo‘yicha “Rektor kubogi” uchun musobaqalar bo‘lib o‘tdi. Tanlovda O‘zbekiston Milliy universiteti (O‘zMU), Toshkent Davlat texnika universiteti (TDTU), Toshkent Davlat yuridik universiteti (TDYU), Toshkent moliya instituti (TMI), Toshkent tibbiyot akademiyasi (TTA), Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash institutu (TIQXMI), Toshkent Davlat Iqtisodiyot universiteti (TDIU) – jami 86 nafar talaba ishtrok etdi. Bellashuv 66, 73, 81, 90 va 90 kilogrammdan yuqori vazn toifalarida o‘tkazildi. Musobaqa Kurash xalqaro assotsiatsiyasining amaldagi qoidalari bo‘yicha o‘tkazildi. Barcha vazn toifalarida har bir jang keskin va shiddatli kurashlar ostida kechdi. Musobaqa ishtirokchilari gilamga bitta maqsad - G'olib bo'lish uchun chiqishdi! Keskin kurashlar natijasida talabalar vazn toifalarida g'olib bo'lishdi:


66 kg vazn toifasi:
I o‘rin – Oltiboev Sherzod (O‘zMU)
II o‘rin – Jonqobilov Ilhom (O‘zMU)
III o‘rin – Xamzaev Jamshid (TIQXMI)
III o‘rin – Burxonov Xasan (O‘zMU)



73 kg vazn toifasi:
1-o‘rin – Boboxonov Shahzod (O‘zMU)
II o‘rin – Otajon Shomuxammatov (O‘zMU)
III o‘rin – Rahimov Ravshan (O‘zMU)
III o‘rin – Arabboyev Ziyodullo (O‘zMU)


81 kg vazn toifasi:
1-o‘rin – Xayrullaev Javlon (O‘zMU)
II o‘rin – Faizi Jonqobilov (O‘zMU)
III o‘rin – Abdurahmonov Shohrux (TIQXMI)
III o‘rin – Xusanov Sarvar (O‘zMU)



90 kg vazn toifasi:
I o‘rin – Qushmurodov Asadbek (TMI)
II o‘rin – Shamsiev Dilmurod (O‘zMU)
III o‘rin – Turg‘unov Ibroxim (O‘zMU)
III o‘rin – Zokirjonov Dyorbek (TDTU)


Vazn toifasi 90+ kg:
I o‘rin – Eshmurodov Muhammad
II o‘rin – Abdurashidov Namoz (TDYU)
III o‘rin – To‘raev Behruz (TTA)
III o‘rin – Zokirjonov Mirjalol (O‘zMU)

O’zMU Axborot xizmati